“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Yer kodeksiga qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonun loyihasiga muvofiq, Kodeksning “o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish”ni nazarda tutuvchi 91-moddasi 4-qism bilan to‘ldirilmoqda. Ya’ni, endilikda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga qurilgan uy-joy, bino, inshoot va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini buzish sud buyrug‘i yoxud sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur moddaning 3-qismiga ham o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish vakolatiga ega bo‘lgan organlarning tegishli hujjatlari orasiga sud buyrug‘i yoxud sudning hal qiluv qarori ham kiritilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!