$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Kunning qiziqarli xabarlari 13.02.15

07:23 / 13.02.2015

1. Toshkentlik haydovchilardan biri yomon yo‘llarga qarshi kurashning antiqa usulini o‘ylab topdi

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga Toshkent yo‘llaridagi nosozliklarga nisbatan noroziligini yangicha ko‘rinishda namoyish etgan haydovchilardan birining mashinasi surati joylashtirildi.

Bu suratda “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi o‘z mashinasining orqa qismiga rus-tilida “Soliqlarni to‘layapman! Ammo qani yo‘llar?” (“Plachu nalogi! Gde dorogi?”) deb yozib olgancha harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

2. Facebook akkauntni meros qoldirish imkonini yaratdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z akkauntini meros qilib qoldirish imkonini yaratdi. Hozirda bu imkoniyat AQShdagi foydalanuvchilar uchun mavjud.

Ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotgan odam o‘z do‘stlari safidan bir kishini tanlashi mumkin. Tanlangan odam akkaunt egasi vafot etgudek bo‘lsa, sahifani o‘chirib tashlasha yoki foydalanuvchi suratlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoq vafot etgan foydalanuvchining sahifasi uchun maxsus rejim yaratgan edi. Unga ko‘ra, foydaluvchining vafoti haqida uning do‘stlari xabar yuborishi mumkin va Facebook  bu ma'lumotni tasdiqlagach, sahifa egasi do‘stlashishni taklif qilayotganlar safida va boshqa servislar chiqmas edi.

3. Artel kompaniyasi yoshi kattalar uchun mo‘ljallangan telefon taqdim etdi

Artel kompaniyasi yoshi kattalar uchun mo‘ljallangan Z10 telefonini taqdim etdi. U kichik funksional, baland ovoz, katta ekran va tugmalar bilan ajralib turadi.

Telefonga 2 dyuymli QVGA ekran, 0,3 Mpli kamera, radio va ikkita Sim karta qo‘yish uchun joy o‘rnatilgan.

Telefon akkumulyatorining quvvati 1000 mAch.

Toshkent magazinlarida Z10  170 ming so‘mdan sotilmoqda. Kompaniya sayti orqali ushbu modelni 147500 so‘mdan sotib olish mumkin.

4. Buyuk Britaniya piyodalarini elektromobil tashiydi

Buyuk Britaniyada piyoda yo‘laklariga mo‘ljallangan haydovchisiz avtomobil taqdim etildi. Avtomobil Lutz Pathfinder deb nomlangan bo‘lib, uni ishlab chiqarish bilan KV Griup kompaniyasi shug‘ullanadi. Joriy yilda Autodrive loyihasi doirasida 40ta haydovchisiz avtomobil Milton-Kins shahridagi piyoda yo‘laklariga qo‘yiladi.

Taxminlarga ko‘ra, Lutz Pathfinder mahalliy savdo markazga tashrif buyuruvchilarni, nogironlarni va temiryo‘l vokzaliga bormoqchi bo‘lganlarni tashiydi. Avtmobilni smartfondagi ilova orqali chaqirish mumkin bo‘ladi.

Avtomobil ikki yo‘lovchini sig‘dira oladi. Lutz Pathfinder bir quvvatda taxminan 65 km yoki 8 soat yura oladi. Elektromobil 24 km/soat tezlikda haraktlanishi mumkin.

5. Kataloniya osmonini to‘q sariq rangli zaharli bulutlar qopladi

Kataloniya viloyatining 4 shahrida osmonda paydo bo‘lgan noodatiy rangdagi bulutlar oqimi tufayli odamlar orasida vahima ko‘tarildi. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Odena, Igualada, Santa-Margarita-de-Montbuy va Vilanova-del-Kami shaharlari aholisi bu vaziyatda zaharlanishdan xavfsirab, ayni paytda o‘z uylarining eshik-derazalarini ichkaridan mahkam bekitib olishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisaga Igualada shahri yaqinidagi SIMAR kompaniyasining kimyoviy zavodida yuz bergan portlash sabab bo‘lgan.

Bu portlash natijasida havoda paydo bo‘lgan toksik moddalardan zavoddagi ikki nafar ishchi zaharlangan hamda shifoxonaga olib borilgan.

6. Avstraliyaning eng keksa fuqarosi pingvinlar uchun bir yil davomida sviterlar to‘qigan

Avstraliyaning eng keksa fuqarosi, 109 yoshli Alfred Deyt o‘z vaqtini pingvinlarga sviter to‘qish bilan o‘tkazadi. The Telegraph nashrining yozishicha, Deyt bu sviterlarni Filipp orolidagi pingvinlarga ko‘mak berish jamg‘armasi uchun to‘qib beradi.

Deytning so‘zlariga qaraganda, u o‘tgan yilning mart oyida Yangi Uels markaziy sohilbo‘yida joylashgan qariyalar uyiga kelganida u yerda ishlovchi hamshiralardan o‘zining sevimli mashg‘uloti – to‘qish bilan qandaydir tarzda shug‘ullana olishi mumkinligini so‘raganda, hamshiralar unga jamg‘armaning iltimosiga ko‘ra pingvinlarga sviter to‘qib berishni taklif qilishgan.

80 yil oldin to‘qishni o‘rganib olgan bu qariya bu ishga jiddiy bel bog‘ladi. U ko‘rsatayotgan natijalar jamg‘arma vakillarini hayratlantirmoqda.

Jamg‘armada pingvinlar uchun sviterlar modaga amal qilish emas, balki zaruriyat yuzasidan to‘qilayotganini ma'lum qilishdi: shu tariqa ularni dengizga neft to‘kilishi oqibatlaridan saqlash mumkin. Agar bu ro‘y bersa, neft bilan qoplangan pingvinlar sovuq yeyishni boshlaydilar hamda ov qila olmaydilar. 2001 yilda neft to‘kilishi oqibatida orolda yashovchi 438 ta pingvin halok bo‘lgan, biroq sviterlar yordamida 96 foiz pingvinni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan.

7. Xitoyda 800 metrlik bayram dasturxoni yozildi

8 fevralda Xitoyning Chishuey shahri yonida joylashgan tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan qadimiy qishloq – Datonda “Xotirada ta'mni yangilash” mavzusida “Ming kishiga mo‘ljallangan uzun bayram ko‘chasi” degan tadbir o‘tkazildi.

China.org.cn’ning xabar berishicha, uzunligi 800 metr keladigan ko‘chada bayram dasturxoni “uzun ilon” ko‘rinishida yozib chiqildi.

Xitoyning Guychjou, Sichuan, Chunsin, Xunan va boshqa viloyatlaridan kelgan 3 mingdan ziyodroq sayyohlar hamda yuzlab mahalliy aholi vakillari dasturxonga qo‘yilgan rang-barang taomlar ko‘rinishidan bahramand bo‘lishdi.

Shuningdek, Yangi yil urf-odatlarini his qilish uchun bu noz-ne'matlardan ta'tib ko‘rishdi.

9. Messining ikki portreti Londonda Sotheby’s auksionida 923 ming yevroga sotildi

12 fevral kuni London shahrida o‘tkazilgan Sotheby’s auksionida savdoga “Barselona” jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messining ikki portreti ham qo‘yildi.

Kimoshdi savdolarida yaponiyalik rassom Takasi Murakami tomonidan chizilgan portret 429 ming yevroga, britaniyalik Demen Xyorst tomonidan ishlangan surat esa, 494 ming yevroga sotib olingan.

Xabar qilishlaricha, bu kartinalar sotuvidan tushgan pullar Bangladesh, Indoneziya va Nepal davlatlarida ta'lim tizimini rivojlantirish uchun sarflanadi.


Bu ham qiziq

Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Ayblanuvchi mablag‘larni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
21:15 / 14.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!