$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
31° Kechasi 17°

Shirinliklarning achchiq zararlari

17:04 / 01.04.2020

Dunyoda hech bir bayram shirinliklarsiz o‘tmaydi. Shirinliklar hayotimizni yana-da shirin va lazzatli qilishga hissa qo‘shadi. Kremli pishiriqlar, pirojniylar, shokoladlar, marmelad-u rang-barang konfetlar... Bu shirinliklarning hozirda o‘zidan ko‘ra turli shakllari ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, hozirgi kunda bozor rastalaridan ularning istagan ko‘rinishini topishingiz mumkin. Xo‘sh, bunday rohatijon mahsulotlarning zarari va foydasi qanday?

Tarixga nazar
Ilk konfetlar qadimgi Rim va Misrda paydo bo‘lgan. Podshohlarning shohona yurishlari davomida xizmatchilar ularni turli shirinliklar bilan qarshi olishgan. Sevimli shokoladlarni esa ilk bor fransuz pazandalari tayyorlashgan. Ularning tayyorlanish tartibi xuddi hozirgi shokoladlarni yodga soladi. Tayyorlangan shokolad qoliplarining usti meva va yong‘oqlardan tayyorlangan qiyomlar bilan bezatilgan.

Shirinliklar foydasi
• Shirinliklar tarkibidagi uglevodlar energiya manbai hisoblanadi. Ular organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladi va ochlik hissini tez bartaraf etadi. Tortlar va pirojniylardagi yog‘ moddasi ham organizmni sezilarli kaloriya bilan boyitadi. Energiya ko‘p sarflanuvchi kasb turlari uchun shirinliklar juda mos keladi. Qolaversa, aqliy qobiliyatni ham oshiradi.
• Aksariyat insonlar shirinlik yeb olgach, kayfiyati ko‘tarilishini aytishadi. Shirinliklarning bu holati ularning endorfin gormoni ishlab chiqarilishi bilan bevosita bog‘liq. Shirinliklar baxt gormoni ishlab chiqarilishini quvvatlaydi.
• Og‘izdagi noxush hiddan xalos etadi. Shuning uchun shirinliklar ovqatdan so‘ng desert ko‘rinishida iste’mol qilinadi.

Zarari ko‘p
• Shirinlik yeyishingiz bilan undagi qand glyukozaga aylanadi va qon orqali butun tana a’zolariga tarqaladi. Uni ko‘p iste’mol qilish qonda qand miqdorining ortishiga olib keladi. Bu esa organizm uchun zararli bo‘lib, umumiy moddalar almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bora-bora qandli diabet xastaligining rivojlanishiga turtki bo‘lishi hech gap emas.
• Aksariyat insonlar iste’mol qilganlariga qaraganda kamroq harakat qiladilar. Bu borada shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish oqibatida paydo bo‘lgan energiyaning ortiqchasi terining yog‘ qavatida to‘planib boradi. Buning oqibatida semizlik rivojlanadi.
• Shirinlikni me’yordan ortiq iste’mol qilish tish emalida shakar yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida turli bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay sharoit vazifasini o‘tashi va kariyes kabi tish kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
• Shirinliklarning tayyorlanishi davomida ularga qo‘shiluvchi turli qo‘shimchalar organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Negaki, bunday sun’iy moddalar organizmda allergiyani qo‘zg‘ashi mumkin.

Me’yori qancha?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, shakarning kundalik miqdori 6-8 choyqoshiq (30-50 gr.)ni tashkil etishi kerak.
 
Shirinlikxo‘rlar uchun
Shirinliklar o‘rnini olma, qulupnay, apelsin, banan kabi turli mevalar bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. Ozishga harakat qiluvchilar uchun ham shirinliklar o‘rniga mevalarni yeyish foydalidir. Bu borada mayiz, turshak, olxo‘ri quritilgan mevalar ham juda qo‘l keladi. Darvoqe, shirinlikxo‘rlar uchun asal, yogurt ham shirinliklar o‘rnini bosishi mumkin.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etadi

Ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda Italiya bosh vazirining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
09:07 / 30.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
09:13 / 31.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri provinsiyada 102-yong‘in kuzatilmoqda — bu 20-yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatk…
10:09 / 30.05.2025
Muhojirlarga Sankt-Peterburgda kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi

Muhojirlarga Sankt-Peterburgda kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi

Sankt-Peterburg hukumati muhojirlarga patentlar asosida kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlashni taklif qi…
21:11 / 29.05.2025
AQSh Mudofaa vaziri Xitoy 2027-yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkinligini aytdi

AQSh Mudofaa vaziri Xitoy 2027-yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkinligini aytdi

AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Pit Xegset tinch okeanidagi ittifoqchilarni Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi 2027-yilda bo…
18:32 / 31.05.2025
“Prezident xudoning yerdagi vakili emas, xalq xizmatchisi” – Qosim-Jo‘mart To‘qayev

“Prezident xudoning yerdagi vakili emas, xalq xizmatchisi” – Qosim-Jo‘mart To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida 2029-yilda hokimiyatdan ketishini ma’lum qildi.
15:50 / 31.05.2025
Like cup loyihasi to‘xtatildi

Like cup loyihasi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol maydonida havaskor o‘yinchilar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokama…
17:13 / 30.05.2025
PSJ muxlislari Parijda ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi

PSJ muxlislari Parijda ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi

Klub Milanning “Inter” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etib, tarixda ilk bor Yevropaning eng nufuzli klublar turniri g‘olibli…
11:45 / 01.06.2025
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

2025-yilda O‘zbekistonda ekologik toza materiallardan foydalangan holda bir nechta yirik turar-joy majmualari qurilishi bosh…
20:23 / 31.05.2025
Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

1-iyun kuni soat 11:31 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, Man rusumli avtomobil y…
12:19 / 01.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!