$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

Qirgʻiz-tojik chegarasidagi mojaro: asosiy maʼlumotlar, Oʻzbekiston ishtiroki, tarix va qurbonlar

14:23 / 30.04.2021

Kecha, 29-aprel kuni Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik jarayon jiddiy tus olib, toʻqnashuv otishmaga aylanib ketgan.


Asosiy maʼlumotlar
Nizo “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinida boshlangan. Ikki davlat vakillari ham bu joyni oʻz hududlari deb bilishadi.
Tojikiston fuqarolari Qirgʻizistonning ikki tumanini oʻzaro bogʻlab turadigan avtoyoʻlni yopib qoʻyishgan. Qirgʻiziston tomon esa Tojikistonning Vorux anklav hududiga olib boradigan yoʻlni toʻsgan.


Tortishib qolgan fuqarolar bir-birlariga tosh bilan xujum qilishni boshlashgan, tez orada oʻqotar qurollar ishga tushgan. Hududga harbiy texnika vositalari olib kelingan.


Shu kuni soat 19:00 da ikki mamlakatning tashqi ishlar vazirlari oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib olishgan. Shunga qaramasdan, ayrim manbalar hududda hamon otishmalar davom etayotganini maʼlum qilmoqda.


Qurbonlar
Qirgʻiz-tojik chegarasidagi toʻqnashuv oqibatida qurbon boʻlganlar soni 13 kishiga yetdi. Jabrlanganlar soni 134 nafarni tashkil qilmoqda.


Oʻzbekiston ishtiroki
Qurolli toʻqnashuv boshlanganidan keyin Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi sodir boʻlayotgan hodisalardan jiddiy xavotirda ekanligini bildirdi.
Bugun, 30-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi.


Tarixga nazar
Bunday toʻqnashuvlar avval ham sodir boʻlgan. Misol uchun, 2018-yilning iyul oyida Tojikistonning Vorux anklavidan oʻtadigan Kishemish-Oqsoy tranzit yoʻlida Tojikiston chegarachilari qirgʻizistonlik ikki nafar harbiy va ikkita fuqaroni qoʻlga olishgan. Tojikiston chegarachilari jarayon davomida zoʻravonlikka yoʻl qoʻyishgan va qirgʻizistonlik chegarachilaridan biriga tan jarohati yetkazishgan. Muzokaralardan keyin qoʻlga olinganlar ozod qilingan, Tojikiston tomon uzr soʻrab chiqqan.


2019-yil, mart
2019-yilning 13-14-mart kunlari ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida navbatdagi toʻqnashuv sodir boʻldi. Qirgʻiziston rasmiylari mojaroni Tojikistonning Mehnatobod qishlogʻi odamlari boshlagani, ular Qirgʻiziston tomondan Oqsoy-Tamdiq yoʻlining qurilish ishlariga qarshi chiqqanlarini aytishgan. Tojikiston esa janjalni qirgʻizistonliklar boshlaganini taʼkidlashgan. Bunga yoʻlning chegaraga oʻta yaqin joylashgani sabab boʻlgan. Ikki mamlakat fuqarolari bir-birlarini “toshboʻron” qilishgan. Toʻqnashuv oqibatida qirgʻizistonlik bir nechta fuqarolar jarohatlangan, 43 yoshli Tojikiston fuqarosi Huseyn Hakimov halok boʻlgan.\


2019-yil, iyul
Oqsoy-Vorux yoʻli hududida navbatdagi mojaro kelib chiqqan. Toʻqnashuvda qirgʻizistonlik 40 nafar fuqaro va 50 nafar Tojikiston fuqarosi ishtirok etgan. Oqibatda 14 nafar odam jarohatlangan, ularning ikkitasi jarrohlik muolajasini boshdan kechirgan. Bitta odam vafot etgan.


Muhim:
1. Qirgʻiziston va Tojikistonning umumiy chegarasi uzunligi 970,8 kilometrni tashkil qiladi. Hudud boʻylab 70 ta mojaroli nuqta joylashgan. Bularning aksariyati tekisliklardagi aholi punktlaridir. Shu sababli ham ikki mamlakat fuqarolari bir necha yillardan beri “chiqisha olmay kelishadi”.
2. Toʻqnashuvlar ssenariysi odatda bir xil: fuqarolar mojaroli joyni boʻlisha olmay qolishadi, oddiy bahs chegara toʻqnashuviga aylanib ketadi, hududga harbiylar olib kelinadi. Natijada har ikki tomon odamlari bir-birini ayblab, tarqalishadi.
3. Bularning barchasi chegaradagi hudud muammosiga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini isbot etadi. Bu yerdagi birgina ehtiyotsizlik harakati yoki bitta odam tomonlar orasidagi jiddiy toʻqnashuvga sabab boʻlib qolishi mumkin.

 


Bu ham qiziq

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar …
10:05 / 19.07.2025
Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Yopilish marosimi AQSh Kolizeyi nomini olgan arenada o‘tkaziladi
19:53 / 18.07.2025
Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
22:43 / 17.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi.
14:33 / 18.07.2025
Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Yurtimiz jinoyatchilik indeksida yuqorilashda davom etmoqda
18:22 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!