$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil qanday ishlab chiqariladi?

07:04 / 08.10.2016

Dunyoda turli xil ko‘rinishda, turli xil avtomobillar ishlab chiqariladi. Yo‘ltanlamas, kupe, xetchbek, sedan...arzoni, qimmati, dabdabalisi...Bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Biroq, bugungi kunda lyuks toifasidagi avtomobillar orasida Bentli belgisi ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lib ulgurdi. U so‘nggi yillarda, o‘z toifasida eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar ro‘yxatiga yetakchilik qilayapti. 

Xo‘sh, ushbu avtomobillar qanday ishlab chiqariladi? Motor.ru sayti xodimlari ushbu transport vositasi ishlab chiqariladigan zavodda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib, tafsilotlari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Bentley zavodi Buyuk Britaniyaning Kryu shaharchasi yaqinidagi bir paytlar kartoshka ekiladigan dalaga barpo etilgan. Joy tanlashda yirik shaharlardan uzoq bo‘lishiga, ammo avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasi rivojlanganligiga e'tibor qaratilgan. Dastlab zavodni Rolls-Royce kompaniyasining aviatsiya dvigatellarini ishlab chiqarish maqsadida qurishgan. Qurilish ishlari boshlanganidan atigi 5 oy o‘tgach, uning sexidan birinchi 12 silindrli Merlin dvigateli ishlab chiqildi.

Ayish joizki, hozir ham Kryu zavodi 12 silindrli motorlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi oz sonli sanoat quvvatlaridan biridir. Biroq, bu dvigatellar samolyotlar uchun emas, balki avtomobillar uchun. Ularning shaklida ham birmuncha o‘zgarishlar yuz bergan. V shaklli motorlar o‘rniga W shakllisi ishlab chiqarilmoqda. Agar siz bu motor Folksvagenniki desangiz, zavoddagilarning barchasidan uzr so‘rashingizga to‘g‘ri kelishi aniq. Hatto, Audi va VW uchun ushbu turdagi motorlar shu yerdan yetkazib beriladi. Faqat, nemislar uchun chiqarilgan atmosferali W12, Bentley mashinasida ikkita turbinaga ham ega bo‘ladi. 

Bir qarashda, Kryudagi Bentley korxonasi odatdagi avtomobil zavodi. Biroq, bu yerda juda qimmat mashinalar ishlab chiqariladi. Zavod ichidagi yog‘och va charmga ishlov berish sexlarida bu ayniqsa ko‘zga tashlanadi. Bu yerda har bir jarayon o‘nlab, yuzlab bosqichdan o‘tadi. 

Masalan, charm tanlashni olaylik. Agar unda har qanday jiddiy nuqson bo‘lsa, uni hatto orqa o‘rindiqning pastki qismida ham foydalanishmaydi, aksincha tashlab yuborishadi. Agar nuqson unchalik sezilarli bo‘lmasa, asqatib qolishi mumkin. Har doim haydovchi ko‘zi o‘ngida bo‘ladigan panellarga jilo berishda charm albatta eng yuqori talabga javob berishi kerak. Bunda eng murakkab jarayon, salon tomiga munosib va yetarli sifatdagi charmni tanlashdir. 

Rul chambaragini tikish ham mashaqqatli ishlardan biri. Tayyorlangan charm stapelga mahkamlanib, charm ignalar uchun maxsus teshib chiqiladi, so‘ngra rangli ipda qo‘lda tikib chiqiladi. Charmdagi teshikdan ip yengil o‘tishi uchun tirqishlar oshxona sanchqisi yordamida hosil qilinadi. 

Charmni tanlash jarayonining o‘zi ham to‘liq qo‘lda bajariladigan ishdir. Yaxshi yoritilgan panelga osilgan charmdagi nuqsonlar boshqa rangli bo‘rda belgilab chiqiladi. Shundan so‘ng, uni kompyuterlashgan jarayon yordamida kesib chiqiladi. Bunda kompyuter charmni necha qismga va qanday usulda kesish kerakligini aniqlab, ekranga tavsiya chizmasini chiqaradi. Qayd etish kerakki, charmni yopishtirishda qo‘llaniladigan oddiy dazmol singari barcha texnologik jarayon Rolls-Royce zavodida ham xuddi shundaydir.

Yog‘ochlarga ishlov berish sexida charm bo‘limidan ham ko‘ra ish ko‘p. Har bir avtomobil uchun detal o‘ziga xos tayyorlanadi. Bu yerdagilar, ustalarning taxta izlarini tanlab, kesib, qatlamni yelimlab, silliqlab, to‘g‘rilashi hamda pishirishgacha bo‘lgan barcha bosqich xususida soatlab gapirishlari mumkin.  

Ammo, albatta, zavoddagi barcha ishlar ham faqat qo‘lda bajarilmaydi. Ularning aksariyati mexanizatsiyalashgan va robotlar hamda stanoklar yordamida amalga oshiriladi. Faqatgina noziklik va did talab qilinadigan holatlarda qo‘l mehnatiga suyaniladi.

Xususan, boshqa zavodlarda bo‘lgani kabi bu yerda ham kuzov dastlab payvandlanadi. Shundan so‘ng, u yig‘uv sexiga o‘tadi hamda xaridor talab va istagidan kelib chiqqan holda zaruriy jihozlardan so‘ng, platformaga o‘rnatiladi va motor joylanadi. Nihoyat, shu qator so‘nggida sizni yana bitta yangi Bentley kutib turadi. Aniqrog‘i, zavod ishchilari uchun shunday. Ammo, boshqalar, xaridorlar uchun avtomobil ishlab chiqarishning ajoyib mahsuli. 

Hozirda, Bentley o‘z hududini kengaytirish uchun katta kuch sarflamoqda. Ular, lyuks toifasidagi avtomobillar savdosida birinchi o‘ringa ko‘tarilishdi. Ularning mahsulotlariga Xitoydan tashqari, Yaponiya va Janubiy Koreyada ham talab yuqori bo‘lmoqda. Ayniqsa, Bentayga modeliga bo‘lgan talab shunchalik ko‘payganki, zavod rahbariyati ishlab chiqarishni naqadar oshirish xususida qaror qabul qilish borasida qiynalmoqda. Shuningdek, muhandis-dizaynerlik kolleji barpo etilayapti. Bentley o‘zi kirib borgan 53ta bozorni kengaytirib, o‘z mahsulotlari sotiladigan mamlakatlar sonini 70tagacha chiqarishni rejalashtirayapti. Shunday ekan, bu lyuks yurishi bo‘lmasa, unda nima?


Bu ham qiziq

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Endilikda, ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
11:06 / 16.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

Ular 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligi sabab MChJga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilgan.
09:56 / 16.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!