$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Shavkat Mirziyoyev ixtisoslashtirilgan maktabni ko‘zdan kechirdi

21:25 / 30.08.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan ushbu o‘quv dargohi fizika, matematika, informatika va astronomiya fanlariga ixtisoslashgan.

Bu yerda ta'lim jarayoniga Fanlar akademiyasining Astronomiya va Fizika-texnika institutlari xodimlari jalb etilgan. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va seminar-trening tashkil etish maqsadida jalb etiladigan chet ellik pedagoglar uchun mehmonxona, o‘quvchilar uchun yotoqxona qurilgan.

Innovatsion usullarda dars o‘tish maqsadida aerokosmik texnologiyalar xonasi tashkil etilib, zamonaviy VR BOX, HOLOMAX, QBOX uskunalari o‘rnatilgan. Maktab binosining tom qismida o‘rnatilgan teleskopda o‘quvchilar osmon jismlarini kuzatishi mumkin.

Robototexnika, yosh fiziklar, matematiklar, astronom va informatiklar to‘garaklari ham tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari maktabning yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bolalar bilan suhbatlashdi.

- Bu maktabni Mirzo Ulug‘bek nomi bilan tashkil etganimiz bejiz emas. Bundan faxrlanishingiz, buyuk bobomizga munosib bo‘lishingiz kerak. Buning uchun juda katta intilish, qunt, mehnat zarur. Vatanimizga kerakli yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingiz uchun hamma sharoitni yaratib beramiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dars va dam olish vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, zamonaviy metodikalarni qo‘llab, bolalarning fanlarni yaxshi o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Bu ham qiziq

12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
18:27 / 11.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.
20:34 / 11.07.2025
Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
21:23 / 11.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident bu borada mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berdi
18:58 / 11.07.2025
Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

Londonda muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi
18:16 / 11.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!