$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Chivin va uning zahri bilan kurashishning 10 usuli

11:54 / 11.07.2015

Yopishqoq chivinlar eng yoqimli ta'tilni ham buzishi tayin. Ushbu mayda qon so‘ruvchilar tabiiy ofatga o‘xshaydi. Ulardan qochib qutilish oson ish emas! Biz esa sizga bu kichik ofatlardan qutilish yo‘llarini aytib o‘tmoqchimiz.

1. Hushbo‘y iforli moylar

Qon so‘ruvchi hasharotlar bilan kurashishda eng maqbul efir moylari quyidagilar hisoblanadi: lavanda, valeriana, evkalipt, yorongul, arpabodiyon, toshcho‘p, yalpiz, choy daraxti, lavr, kedr.

Qo‘llanilish usuli:

• Paxtani shu moylardan birida biroz namlang va “hid tarqatgich”ni deraza oldiga yoki yostig‘ingiz yoniga qo‘ying.

• Efir moyini kremingizga aralashtirib, uni tanangizning ochiq joylariga suring.

2. Xonaki o‘simliklar

Yalpiz, mirt, rozmarin va yorongul kabi xonaki o‘simliklar hasharotlarni o‘zining o‘tkir hidi bilan quvish xususiyatiga ega. Yana bir chivinlarga qarshi o‘tkir xonaki vosita bu pomidor barglari hisoblanadi.

3. Limon bilan chinnigul

Limonni kesib, unga chinnigulni tiqing. Uni kravatingiz oldiga qo‘ying va shu orqali siz derazani ochib uxlashingiz mumkin. Yoqimli ifor va xonada chivinlarning yo‘qligi kafolatlangan!

4. Chivinlar uchun qo‘lbola tuzoq

Bu tuzoq chivinlarni karbonad angidrid gazi yordamida jalb qilish hisobiga ishlaydi. Bu gaz achish jarayonida hosil bo‘ladi. Chivinlar uni hidlab, tuzoqqa tushishadi va u yerdan qaytib chiqib keta olishmaydi.

5. Ignabargli daraxt g‘uddalari va archa

Chivinlar bilan tabiiy kurashishga qorag‘at g‘uddalari va archa novdalari ham yordam beradi. Ularni gulxanga tashlasangiz kifoya, uning hidi hasharotlarni quvadi.

6. Cheremuxa va ryabina

Agar hovlida uxlamoqchi bo‘lsangiz, tanangizning ochiq joylariga ryabina yoki cheremuxa barglarini sursangiz bo‘lgani. Chivinlar sizni aslo bezovta qilmaydi.

7. Piyoz va sarimsoq

Piyoz va sarimsoq chaqishdan keyingi qichishishlardan eng yaxshi vosita, deb tan olingan. Piyozning boshchasi olib tashlanib, ikkiga bo‘linadi va bir bo‘lagi chivin chaqqan joyga qo‘yiladi. Sarimsoqqa kelsak, uning bir bo‘lakchasi ezilib, kam miqdordagi suvga aralashtiriladi. Keyin bir parcha mato o‘sha aralashmada namlanib, jarohat joyiga qo‘yiladi.

8. Osh sodasi

Osh sodasi chivin zahrini davolashda eng oddiy va keng tarqalgan vosita hisoblanadi. 3 osh qoshiq osh sodasini bir qoshiq suv bilan quyuq pasta hosil bo‘lguncha aralashtiring. Pastani jarohat joyiga suring va qurishini kuting.

9. Limon sharbati

Jarohat joyini limon sharbati bilan namlash ham qichishishni kamaytiradi.

10. Qoshiq

 

Qoshiqni qaynoq suvda qizdiring, so‘ngra uni jarohat joyiga qo‘ying. Qoshiqni bir necha daqiqa davomida teringizga qattiq bosib turing. Siz uni olganingizda qichishish o‘tib ketishi lozim.


Bu ham qiziq

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

Bozor tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
11:37 / 15.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Prezident administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i tayinlandi.
09:53 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!