Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududida yongʻin kelib chiqdi. Bunga masjid yonidagi daraxtning petarda (portlovchi modda) sababli yonib ketishi sabab boʻlgan.
Ayni vaqtda masjid hududida falastinliklar va Isroil politsiyasi oʻrtasidagi toʻqnashuvlar shiddat bilan davom etmoqda. Yongʻin tezkorlik bilan bartaraf etilgan, masjidga hech qanday zarar yetmagan.
Sharqiy Quddusdagi vaziyat tobora keskinlashib boryapti. Isroil politsiyachilari falastinlik dindorlar masjid hududini tark etishlari uchun ularga nisbatan rezina oʻqlar, granata va koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanmoqdalar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!