$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Denovda kesilgan 100dan ortiq qimmatbaho daraxt bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

14:20 / 06.07.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Denov tumanida Daraxt kesish poygasi davom etmoqda” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, “Denov tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasining uchastka bo‘limi boshlig‘i J.F tomonidan 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan.

Mazkur shaxs o‘z xatti-harakati bilan o‘simlik dunyosiga jami 329 mln. 157,5 ming so‘m zarar yetkazgan. 

Aniqlangan holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uchastka bo‘lim boshlig‘i J.F. ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 2 mln. 245 ming so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Hozirda jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni udirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu bilan birgalikda "Denov tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasiga xar bir kesilgan daraxtlar o‘rniga 100 donadan, ya’ni 10 900 dona qimmatbaho daraxt ko‘chatlari ekish va 3 yil davomida ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish haqida ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot uchun, 2020-yil 9-aprelida Prezidentning “2020–2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida” PQ–4667-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorga asosan yo‘l qurilishga halaqit berayotgan 857 dona kam qimmatli daraxtlarni kesish uchun Denov tuman hokimligining 000020-sonli Ruxsatnoma berilgan. O‘z navbatida har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensasiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli (balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan) ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish vazifasi yuklatilgan.


Bu ham qiziq

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum ta’mi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.
11:05 / 08.05.2024
Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida bir oilaning yetti nafar a’zosi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida bir oilaning yetti nafar a’zosi halok bo‘ldi

Ularning jasadlari va yaradorlar “Al-Ahli” baptistlar kasalxonasiga yetkazilgan.
11:36 / 08.05.2024
Toshkentning ikkita tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning ikkita tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Ta’mirlash ishlari 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
11:29 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024
OAV: AQSh Rafahdagi operatsiya tufayli Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

OAV: AQSh Rafahdagi operatsiya tufayli Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

Bu qaror Rafahning aholi zich joylashgan hududlariga snaryadlar tashlab yuborilishi mumkinligidan xavotirlar tufayli qabul q…
19:46 / 08.05.2024
Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Sudya keyingi sud majlisiga qadar “Tesla” nomidan foydalangan har qanday reklama aksiyalarini chiqarishni taqiqladi.
16:48 / 07.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Kuchli uchlikni bo‘lsa Tokio egallagan.
10:15 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!