$
12834.61 UZS
44.18
162.65 UZS
0.05
14662.26 UZS
175.82
33° Kechasi 20°

Angrenda “GAI” haydovchi bilan kelishmovchilik paytida mashina oynasini sindirdi (video)

09:36 / 23.01.2022

Toshkent viloyati Angren shahrida maxsus reyd tadbiri davomida “GAI” haydovchi bilan kelishmovchilik paytida mashina oynasini sindirdi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotib holat yuzasidan izoh berdi

Ma’lum qilinishicha, YPX inspektori haydovchiga “Xavfsiz hudud” maxsus tadbirida ekani haqida aytgan, fuqaro esa u tarafga sigareta puflaganicha hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan.

Xodim xolislar ishtirokida bir necha marotaba, yaxshi muomala bilan, undan hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan. So‘ng mashina eshigini ochishga uringan vaqtida esa haydovchi uning qo‘lini eshik oynasiga qisib olgan.

“Endi xolis fikringizni ayting, shu vaziyatda YPX inspektori haydovchini tekshirmasligi, mayli, hujjat bermas ekanlar deb qo‘yib yuborishi kerakmidi?”, – deydi matbuot kotibi.

“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri odatda kriminogen vaziyat yuzasidan huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik nisbatan ko‘paygan hududlarda tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Bobur To‘laganov blogerlardan ma’lumotni to‘g‘ri talqin qilish va aniqlik kiritib olgandan keyin tarqatishini so‘ragan.

“Shu o‘rinda ‘ayrim’ blogerlarni axborotni to‘g‘ri talqin qilishga chorlamoqchiman. Qo‘lingizga biror ma’lumot kelib tushgan taqdirda uni tegishli tashkilot mas’ullari bilan bog‘lanib, aniqlashtirib oling, iltimos!

Mavzuni bir tomonlama yoritib, keyin unga munosabat so‘rashingiz katta xato. Chunki birinchi tarqatilgan axborot, garchi noto‘g‘ri bo‘lsa ham, ko‘pchilik odamlar nazarida haq bo‘lib qolaveradi. Birinchi urinishdayoq to‘liq, xolis va to‘g‘ri axborot tarqating. Jurnalistlardan ustoz olsangiz nur ustiga nur. Yuqoridagi gaplar albatta ‘ayrim’ qo‘shtirnoq ichidagi, shoshqaloq blogerlarga taalluqli. Xolis faoliyat yurituvchilar sizga ming rahmat”, – deydi Bobur To‘laganov.


Bu ham qiziq

Toshkentda Damas urib yuborgan skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda Damas urib yuborgan skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoy…
09:55 / 03.06.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

2025-yilning may oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyidagi 10,1 foizga ni…
20:10 / 01.06.2025
BAAga kelgan jurnalistlar va muxlislar aeroportda ushlab turilmoqda

BAAga kelgan jurnalistlar va muxlislar aeroportda ushlab turilmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ushbu holat sabablari haqida tushuntirish berib o‘tdi.
19:09 / 02.06.2025
Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Pekin bu bayonotini yaqinda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning “Xitoy savdo kelishuvini buzgani” haqidagi ayblovla…
14:14 / 02.06.2025
O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

Qozog‘iston Respublikasi milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga xalqaro to…
18:49 / 01.06.2025
Jalolobod va Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 150 million dollarga yetdi

Jalolobod va Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 150 million dollarga yetdi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 2024-yilda 150 million dollarga y…
21:28 / 01.06.2025
Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transportlari soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transportlari soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish ma…
16:11 / 03.06.2025
Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

“Bizning operatsiyamiz shtabi Rossiya hududida, ularning viloyatlaridan biridagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bo…
10:15 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Ular fuqaro nomiga kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.
09:17 / 02.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!