O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Andorra knyazligi hamraisi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Fransiya yetakchisi O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhim vazifa ekanini alohida ta’kidlagan. U elchining professional diplomatik mahorati mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.
“Biz O‘zbekiston bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta ahamiyat qaratamiz va barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga tayyormiz”, – dedi u.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!