$
12708.86 UZS
21.16
140.54 UZS
0.51
13817.07 UZS
26.81
25° Kechasi 16°

O‘zbekistonda ikkilamchi bozorga ipoteka kreditlarini ajratish noma’lum muddatga to‘xtatildi

17:16 / 31.01.2022

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ O‘zbekistonda ikkilamchi bozorga ipoteka kreditlarini ajratish ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi moliyalashtirish manbalari aniqlangunga qadar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda ipoteka bozorini takomillashtirish maqsadida, Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki xamkorligida O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi va uni 2019–2021-yillarda amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Konsepsiyaga muvofiq Dasturning asosiy vazifalaridan biri etib, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PQ-5715-sonli qarori ilovasi bilan belgilangan yo‘l xaritasiga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi”ni ta’sis etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.

Dasturga muvofiq, Kompaniya faoliyatini boshlash uchun dastlabki bosqichda Osiyo taraqqiyot bankining 150 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari tijorat banklarining maqbul ipoteka kreditlari portfelini qayta moliyalashtirish uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu resurslarni bosqichma-bosqich 2023-yilning birinchi choragi yakuniga qadar o‘zlashtirish rejalashtirilgan edi.

“Biroq, aholining ipoteka krediti hisobiga ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olishga bo‘lgan katta qiziqishi hamda tijorat banklari tomonidan aholining ushbu talabini qondirish maqsadida faol kreditlar ajratishi natijasida, Dasturda nazarda tutilgan mablag‘lar muddatidan avval, ya’ni 2022-yilning birinchi choragi davomida o‘zlashtirib bo‘linishi kutilmokda. Ushbu haqida tijorat banklari 2021-yilning dekabr oyida, Dastur bo‘yicha qoldiq mavjud resurslar doirasida yetarlicha maqbul ipoteka krediti portfellari shakllantirishi lozimligi yuzasidan Kompaniya tarafidan yozma ravishda xabardor qilingan edi”, – deyiladi “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ munosabatida.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Kompaniya Moliya vazirligi va boshqa institutlar bilan birgalikda, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan ham, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish maqsadida resurslarni jalb qilish bo‘yicha faol ravishda tegishli ishlarni olib bormoqda.


Bu ham qiziq

“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

Xabar qilinishicha, Nyu-Shepardning kapsulali raketasi Texasning Gʻarbiy qismidagi maydonchadan uchirilgan.
15:56 / 20.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024
Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Pre…
12:06 / 20.05.2024
Eronning Tabriz shahrida aviahalokat qurbonlari bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

Eronning Tabriz shahrida aviahalokat qurbonlari bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

Vidolashuv marosimi turli shaharlarda bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi.
17:24 / 21.05.2024
Piramidalarni qurishda Nil daryosidan foydalanilganini bilarmidingiz?

Piramidalarni qurishda Nil daryosidan foydalanilganini bilarmidingiz?

Misr fir’avnlarining piramidalarini qurish uchun tosh bloklar keyinchalik g‘oyib bo‘lgan Nil daryosi bo‘ylab yetkazib berilg…
23:27 / 20.05.2024
Rossiyalik olimlar uyqu paytida miya saratonini davolash usulini topdi

Rossiyalik olimlar uyqu paytida miya saratonini davolash usulini topdi

Bemorning chuqur uyqusi paytida miya shishi bilan kurashishga imkon beradigan yangi texnologiya SSU olimlari tomonidan ishla…
23:07 / 20.05.2024
Vaqtincha prezident Muhammad Muxbar haqida nimalar ma’lum

Vaqtincha prezident Muhammad Muxbar haqida nimalar ma’lum

Muxbar, 1955-yil 1-sentabrda tug‘ilgan, xuddi Raisiy singari, oliy rahbar Ali Xomanayiga yaqin inson sanaladi. 2021-yilda Ra…
16:54 / 20.05.2024
Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Boshlang‘ich daraja fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
09:55 / 21.05.2024
Bugun havo harorati 34 darajagacha ko'tariladi

Bugun havo harorati 34 darajagacha ko'tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
08:15 / 22.05.2024
Indoneziyada vulqon otilishi sabab yettita qishloq aholisi evakuatsiya qilindi

Indoneziyada vulqon otilishi sabab yettita qishloq aholisi evakuatsiya qilindi

Ma’lum qilinishicha, kul ustunining balandligi hozir to‘rt kilometrni tashkil etadi.
18:07 / 21.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!