$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

11:47 / 28.11.2022

Bugun, 28-noyabr kuni joriy yilning 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar:

Dauletmurat Tajimuratov (1979-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xizmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “Yel xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Lolagul Kallixanova (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Makan" internet-nashri ma’muri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Azamat Turdanov (1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Axmet Smetullayev (1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Dauletmurat Djiyemuratov (1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qorao‘zak Sahib” MCHJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Baxtiyar Kadirbergenov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Ayama" veb-sayti ma’muri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;

Bayram Seytniyazov (1967-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Allabay Toqimbetov (1973-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, norasmiy tarzda imomlik bilan shug‘ullangan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Qaharman Seytimov (1972-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, tadbirkor) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Azamat Nuratdinov (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Mo‘ynoq tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Seydabulla Medetov (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, “Keleshek ushun” fermer xo‘jaligi rahbari) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Nurlan Nayipov (1968-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, nafaqaxo‘r) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida;

Polat Shamshetov (1977-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Razbek Bekmuratov (1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat universiteti o‘qituvchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;

Sultanbek Kaipov (1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida;

Berdax Genjebayev (1996-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandida;

Salamat Kalilayev (1976-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Polat Nurniyazov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Sada-Mars” MCHJ ombor mudiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Saiipnazar Kalimov (1980-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, YATMF bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Nurlan Sultamuratov (1998-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Arislan Temirxanov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ustyurt geofizika” korxonasi qo‘riqchisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Amirbek Adilbekov (1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, sug‘urta kompaniyasi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog‘i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.


Bu ham qiziq

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025
Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qiladi.
11:28 / 16.06.2025
Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

AFP ma’lumotida halok bo‘lganlar orasida o‘n yoshli bola ham bo‘lgani keltirilgan. Times of  Israel esa vayronalar orasida 8…
16:03 / 15.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

Prezident suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar haqida gapirdi.
10:37 / 16.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!