$
12931.94 UZS
-8.17
150.18 UZS
4.56
14107.45 UZS
51.9
17° Kechasi

Farg‘onada maktab direktori o‘qituvchilardan “open byudjet” uchun 700 ming so‘mdan talab qildi

09:07 / 12.03.2025

“Oxirgi yillarda maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini o‘z faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yig‘di-yig‘dilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.

Lekin tizimda ba’zan jamoaga noto‘g‘ri talablar qo‘yayotgan, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish topshiriqlarini berayotgan, bir so‘z bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan mas’ullar ham uchrab turibdi.

Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan “open byudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.

Bugun “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan e’tiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga o‘qituvchi, ta’lim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yig‘ishlar bilan soya solmaylik.

Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.

Hurmatli pedagoglar agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!”, – deb yozmoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova.


O‘zbekiston


														
														Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda yashil energiyani rivojlantirishga yordam beradi

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda yashil energiyani rivojlantirishga yordam beradi

Fransiyaning Voltalia energiya kompaniyasi O‘zbekistonda yashil energiyani rivojlantirishga yordam beradi
20:16 / 12.03.2025

														
														Rossiya va Markaziy Osiyo energiya tizimlari birlashishi mumkin

Rossiya va Markaziy Osiyo energiya tizimlari birlashishi mumkin

“Markaziy Osiyo va Rossiya kelgusi besh yil ichida energiya tizimlarini birlashtirishi mumkin”, - deydi jahon iqtisodiyoti v…
19:29 / 12.03.2025

														
														Chilonzorda Lacetti daraxtga borib urildi

Chilonzorda Lacetti daraxtga borib urildi

Avtohalokat natijasida transport vositasi texnik zarar ko‘rgan. Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatil…
18:30 / 12.03.2025

														
														Rossiyaning Tomsk viloyatida og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning Tomsk viloyatida og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakol…
16:40 / 12.03.2025

														
														Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi

Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi

Poytaxtda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga qarshi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ommaviy reydla…
15:24 / 12.03.2025

														
														Mirziyoyev Fransiyaga tashrifi doirasida YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi

Mirziyoyev Fransiyaga tashrifi doirasida YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan…
15:04 / 12.03.2025

														
														O‘zbekistonda jonli ijro san’ati yanada rivojlantiriladi

O‘zbekistonda jonli ijro san’ati yanada rivojlantiriladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
14:18 / 12.03.2025

														
														Toshkent havosining ifloslanish darajasi me’yordan olti baravar ko‘p

Toshkent havosining ifloslanish darajasi me’yordan olti baravar ko‘p

12-mart kuni Toshkentdagi havoning ifloslanish darajasi me’yordan 6,9 baravar oshgan.
10:02 / 12.03.2025

														
														Toshkent viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi

Kecha, 11-mart kuni soat 18:40 da Toshkent-Vodiy A-373 avtomobil yo‘lining 91 kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuv…
09:49 / 12.03.2025

														
														Farg‘onada maktab direktori o‘qituvchilardan “open byudjet” uchun 700 ming so‘mdan talab qildi

Farg‘onada maktab direktori o‘qituvchilardan “open byudjet” uchun 700 ming so‘mdan talab qildi

Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan “open byudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming …
09:07 / 12.03.2025

Bu ham qiziq

YeChL. Bugun Madrid derbisida 1/4 bosqich yo‘llanmasi hal qilinadi

YeChL. Bugun Madrid derbisida 1/4 bosqich yo‘llanmasi hal qilinadi

Bugun, 12-mart kuni Madridning “Real” hamda “Atletiko” klublari Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida nimchorak finalning jav…
15:12 / 12.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

2025-yil 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025-yil 25-mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lag…
10:48 / 11.03.2025
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili to‘qqiz yilga qamaldi

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili to‘qqiz yilga qamaldi

Saakashvili “katta miqdordagi byudjet mablag‘larini (uch mln dollardan ortiq) talon-toroj qilish”da aybdor deb topilgan.
12:50 / 12.03.2025
Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi

Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi

Poytaxtda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga qarshi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ommaviy reydla…
15:24 / 12.03.2025
Chilonzorda Lacetti daraxtga borib urildi

Chilonzorda Lacetti daraxtga borib urildi

Avtohalokat natijasida transport vositasi texnik zarar ko‘rgan. Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatil…
18:30 / 12.03.2025
O‘zbekistonning Andorradagi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Andorradagi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Andorra knyazligi hamraisi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini t…
17:55 / 11.03.2025
O‘zbekistondagi qurilish ishlari hajmi 11,8 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistondagi qurilish ishlari hajmi 11,8 trln so‘mga yetdi

2025-yil yanvar oyida O‘zbekistondagi qurilish ishlari hajmi yillik 17,9 foiz o‘sish bilan 11,8 trln so‘mga yetdi. Bu haqda …
23:03 / 11.03.2025
Mirziyoyev Fransiyaga tashrifi doirasida YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi

Mirziyoyev Fransiyaga tashrifi doirasida YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan…
15:04 / 12.03.2025
Texasda kuchli shamol 20 ming uyni elektrsiz qoldirdi

Texasda kuchli shamol 20 ming uyni elektrsiz qoldirdi

Texasning Ellis okrugida kuchli bo‘ronlar yuz berdi. Tabiiy ofat o‘zi bilan katta vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi.
20:26 / 12.03.2025
“Tashabbusli byudjet”da ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga chora ko‘riladi

“Tashabbusli byudjet”da ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga chora ko‘riladi

Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qilmoqda.
15:52 / 11.03.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!