UFCda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev 16-avgust AQShning Illinoys shtati, Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Bu haqda Nursultonning menejeri Instagram sahifasidagi jonli efir davomida aytib o‘tgan. Bundan tashqari, Nursulton Ro‘ziboyevning o‘zi ham Instagram’da shunga ishora qildi.
Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
31 yoshli andijonlik jangchi so‘nggi bor 19-may kuni Las-Vegas mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida germaniyalik Dastin Stolsfusni ochkolar hisobiga ko‘ra taslim etgan edi.
Ma’lumot uchun, UFC 319 turnirining markaziy bellashuvi o‘rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Hamzat Chimayev o‘rtasida kechadi. Ro‘ziboyev ham aynan o‘rta vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!