$
12547.38 UZS
-34.59
157.02 UZS
-0.73
14665.38 UZS
-32.88
32° Kechasi 19°

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni xorijda diniy ta’lim olish bo‘yicha ogohlantirdi

15:17 / 14.08.2025

So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni diniy ta’lim olish uchun chet elga chaqirish holatlari kuzatilmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni mazkur holat bilan bog‘liq reklamalardan ogohlantirdi.

Xabarga ko‘ra, hozirda Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlardagi diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga borishga da’vat etuvchi chaqiriqlar va reklama e’lonlari keng tarqatilayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu e’lonlarda ta’lim maskanlari go‘yoki “qonuniy” yoki “rasmiy” sifatida ko‘rsatilsa-da, amalda ular O‘zbekiston Respublikasining tegishli idoralari tomonidan tan olinmagan hamda o‘sha mamlakatlardagi noqonuniy yoki ruxsatsiz faoliyat yurituvchi o‘quv markazlari hisoblanadi. Bu o‘rinda “rasmiy diniy ta’lim” iborasidan, asosan, ko‘proq talabgorlarni jalb etish maqsadida foydalanilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bunday chaqiriqlar ko‘pincha diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalarini singdirish, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularning dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfini o‘zida mujassam etadi. Shu sababli, ota-onalar farzandlarining kimlar bilan muloqot qilayotganiga, internetda qanday ma’lumotlarni o‘qiyotganiga va qanday takliflarga javob berayotganiga e’tiborli bo‘lishlari shart.

“Shundan kelib chiqib, fuqarolarga rasmiy diniy ta’lim faqatgina O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimdagi ta’lim muassasalarida berilishi, turli shaxslarning targ‘ibotiga uchmaslikni eslatgan holda, diniy bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini ushbu ta’lim muassasalari imkoniyatlari orqali qondirishni tavsiya etib qolamiz”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, xorijiy diniy ta’lim muassasalari diplomlari O‘zbekiston hududida diniy sohada faoliyat yuritish uchun asos bo‘lmasligi, ta’limdan so‘ng ishga joylashishda noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.


O‘zbekiston


														
														18-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi
22:46 / 17.08.2025

														
														Xushnud Xudoyberdiyev: “Maksimal ball to‘plagan abituriyentlarning barchasi grant asosida o‘qishga qabul qilingan”

Xushnud Xudoyberdiyev: “Maksimal ball to‘plagan abituriyentlarning barchasi grant asosida o‘qishga qabul qilingan”

Taniqli huquqshunos va bloger bu boradagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi
22:29 / 17.08.2025

														
														Jizzaxda noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Jizzaxda noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
21:49 / 17.08.2025

														
														Germaniya hukumati Afg‘oniston masalasidagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

Germaniya hukumati Afg‘oniston masalasidagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

“Evakuatsiya jarayonini O‘zbekistonsiz uddalab bo‘lmas edi” – deyiladi xabarda
21:23 / 17.08.2025

														
														Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Hozirda avtomobil sotuv uchun auksionga chiqarilgan
20:19 / 17.08.2025

														
														Soliq qo‘mitasi: “Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 20 milliard so‘m to‘landi”

Soliq qo‘mitasi: “Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 20 milliard so‘m to‘landi”

Xabar bergan fuqarolarga jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot berilgan
19:49 / 17.08.2025

														
														Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Mazkur tadbir “Vatanga qaytarish” loyihasi doirasida amalga oshiriladi
19:21 / 17.08.2025

														
														Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbir…
15:10 / 17.08.2025

														
														O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

2035-yilga qadar elektron chiqindilar hajmi yana 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.
12:59 / 17.08.2025

Bu ham qiziq

Jizzaxda noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Jizzaxda noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
21:49 / 17.08.2025
Braziliyalik ayol aeroportda 10 kg kokain bilan qo‘lga tushdi

Braziliyalik ayol aeroportda 10 kg kokain bilan qo‘lga tushdi

Hozirda mazkur ayolni o‘z mamlakatiga deportatsiya qilish borasida ish olib borilmoqda
18:40 / 16.08.2025
Serbiya prezidenti namoyishchilarni javobgarlikka tortishga va’da berdi

Serbiya prezidenti namoyishchilarni javobgarlikka tortishga va’da berdi

Faollar muddatidan oldin parlament saylovlarini talab qilayotgani bildirildi.
10:32 / 17.08.2025
Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

“Ishonch hosil qilmaguncha shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalar bilan bo‘lishmang” – deyiladi axborotda.
22:31 / 16.08.2025
Muzokaralar kuni qanday qilib Putin va Tramp bitta mashinada yurdi?!

Muzokaralar kuni qanday qilib Putin va Tramp bitta mashinada yurdi?!

Bu holat aslida dasturlar rejasida umuman yo‘q bo‘lgan
18:51 / 17.08.2025
Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Xabar berilishicha, Markaziy Sulavesi provinsiyasining Poso tumanida yuz bergan yer silkinishi oqibatida kamida 29 kishi jar…
14:36 / 17.08.2025
UFC. Hamzat Chimayev o‘rta vazn chempioniga aylandi

UFC. Hamzat Chimayev o‘rta vazn chempioniga aylandi

AQShning Illinoys shtati, Chikago shahrida UFC 319 turniri tashkil qilindi.
10:19 / 17.08.2025
Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Mazkur tadbir “Vatanga qaytarish” loyihasi doirasida amalga oshiriladi
19:21 / 17.08.2025
Sankt-Peterburgdan 100 dan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Sankt-Peterburgdan 100 dan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarish” loyihasi davom etmoqda.
09:11 / 17.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!