$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

09:29 / 09.09.2025

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ayrim mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, tumandagi fermer xo‘jalikning 500 ming AQSh dollarlik eksport rejasini soxta eksport operatsiyalari orqali yopib berish evaziga 65 mln so‘m miqdorida pora talab qilishgan.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari joriy yilning avgust oyida so‘ralgan pulning 25 mln so‘mini avans sifatida oladi. Qolgan qismini esa, ya’ni 40 mln so‘mni tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari orqali olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Boshqa holatda esa fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati “Call markazi”ga murojaat qilib, 2 nafar shaxs o‘zlarining hokimlikda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Sergeli tumanida joylashgan MChJga tegishli 1 gektar yer maydonining toifasini o‘zgartirib, u yerda ko‘p qavatli uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga 900 ming AQSh dollari talab qilishganligini aytadi.

Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish niyatida bo‘lgan “uddaburon”lar oldindan 220 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi o‘rinbosari ariza muallifining o‘g‘liga imtihonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga, xizmat xonasida 20 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														12-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
22:55 / 11.09.2025

														
														O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Umummilliy ro‘yxatga olish mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladi
22:34 / 11.09.2025

														
														Surxondaryo va Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
21:56 / 11.09.2025

														
														Samarqand va Jizzaxda chet elga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Samarqand va Jizzaxda chet elga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
20:49 / 11.09.2025

														
														Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
20:19 / 11.09.2025

														
														Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar borligini ta’kidladi
19:48 / 11.09.2025

														
														Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Bu boradagi batafsil statistika bilan tanishamiz
18:57 / 11.09.2025

														
														Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Bu haqda kecha Prezident farmoni qabul qilindi
18:09 / 11.09.2025

														
														Retsept talab qilinadigan dorilar uchun elektron retsept tizmi yo‘lga qo‘yiladi

Retsept talab qilinadigan dorilar uchun elektron retsept tizmi yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori bilan “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlas…
17:52 / 11.09.2025

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

Bu haqda Afghanistan International manbalariga tayanib xabar bermoqda.
17:15 / 11.09.2025

Bu ham qiziq

TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

Avvalroq “Tolibon” O‘zbekiston hukumati bunga rozi bo‘lganligi haqida xabar bergandi
22:51 / 11.09.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 11-sentyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida  o‘zgarishsiz qoldi…
10:59 / 11.09.2025
Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar borligini ta’kidladi
19:48 / 11.09.2025
Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
21:34 / 10.09.2025
11-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sha…
21:18 / 10.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

Bu haqda Afghanistan International manbalariga tayanib xabar bermoqda.
17:15 / 11.09.2025
Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Bu boradagi batafsil statistika bilan tanishamiz
18:57 / 11.09.2025
Toshkentda quvur sexi yonib ketdi

Toshkentda quvur sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va 13:15…
14:18 / 11.09.2025
Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi

Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi

Yaman poytaxti Sanada Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari qayd etilgan.
20:29 / 10.09.2025
Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 12-sentyabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:14 / 11.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!