$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

Sobiq “Toshturma” o‘rnida “dom” qurilishi mumkin

16:42 / 06.11.2025

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova tomonidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga Yunusobod tumani Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududiga zamonaviy xiyobon barpo etilishi masalasi yuzasidan 6-oktyabrda senator so‘rovi yuborilgandi. Hokimlik bunga javoban 13-oktyabrda tegishli ma’lumotnoma yo‘lladi. Senat matbuot xizmati uni 6-noyabrda e’lon qildi.

Yunusobod tumani Namangan ko‘chasi 1-uyda joylashgan sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi bino-inshootlari va unga tegishli hudud 2018-yilda Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilgan edi. Hujjat bilan mazkur hududda barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklatilgandi. Xalq orasida “Toshturma” nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur hibsxona o‘sha yilning yanvar oyida Zangiota tumaniga ko‘chirilgan edi.

Biroq oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramay, farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosi hanuzgacha to‘liq ta’minlanmagani, hudud qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim qurilish kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani tufayli senator so‘rovi yuborilgandi.

Toshkent shahar hokimining  2020-yil 7-oktyabrdagi qaroriga asosan Ogneupor korxonasiga Chinobod ko‘chasidagi o‘ziga tegishli obyekt buzib tashlangani uchun kompensatsiya sifatida 2,9 gektar yer maydoni (sobiq tergov hibsxonasi hududi) berilgan hamda kadastr hujjatlari shakllantirilib, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi 2021-yil 5-oktyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yunusobod tumani Qurilish boshqarmasi Arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi asosida 76 kvadrat metr maydonga ega ma’muriy bino loyihasi tasdiqlangan. Qurilish 2024-yil 6-aprelda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, obyekt noturar joy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Keyinchalik ushbu uchastka konservatsiya zonasiga kiritilgan, ya’ni qo‘shimcha turar joy va noturar joy obyektlarini qurish taqiqlangan.

Ishchi guruh tomonidan holat hududga chiqqan holda o‘rganilib, jamiyat rahbari bilan suhbatlashilganida ma’lum bo‘lishicha, kompensatsiya tariqasida olib qo‘yilgan Chinobod ko‘chasi 8-uy manzilda joylashgan yer maydonida dastlab korxona yong‘inga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun sanoat obyektini qurishni rejalashtirgan.  Biroq yer maydoni to‘liq aholi punktida joylashgani, atrofi to‘liq uy-joylar bilan qamrab olingani sababli ishlab chiqarish korxonasi qurish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgan. Shu sababli  zamonaviy mehmonxona qurishga qaror qilingan, biroq hozirda loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ yetishmayapti.

Hokimlik xatida keltirilishicha, 2022-yilda, so‘ngra 2025-yil fevral-avgust oylarida korxona 2,9 gektar yer maydonini xususiylashtirish uchun ariza topshirgan. Biroq, Toshkent shahrining Bosh rejasiga ko‘ra, uchastka konservatsiya zonasiga kiritilgani sababli ular rad etilgan. Korxona rahbariyati uchastka konservatsiya zonasidan chiqarilgan taqdirda investorni jalb qilib, mehmonxona va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binosini qurish loyihasini amalga oshirish niyatida.

 


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026

														
														Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026

														
														Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026

														
														Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

														
														1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

														
														Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026

														
														Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026

														
														Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026

														
														1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026

														
														Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026

Bu ham qiziq

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Toshkentda poyga uyushtirgan yigitlar qamaldi

Toshkentda poyga uyushtirgan yigitlar qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi qaroriga ko‘ra, ikki yigitning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tay…
11:35 / 29.03.2026
Tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi ishlab chiqildi

Tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi ishlab chiqildi

15 yillik ish stajiga ega xodimlarga uy-joy uchun ipoteka olishda 25% dastlabki badal davlat tomonidan to‘lab beriladi.
17:11 / 29.03.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

🔷Joriy yilning 31-mart va 2-6-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hud…
14:47 / 30.03.2026
Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
16:39 / 29.03.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:49 / 29.03.2026
AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

Muhammad Bog‘ir G‘olibafning aytishicha, AQSh muzokaralar haqida ochiq xabarlar tarqatmoqda, lekin yashirincha yer operatsiy…
15:01 / 29.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!