Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilishi Vashingtonning Gavanaga nisbatan siyosatida o‘zgarish yuz berganidan dalolat bermaydi, dedi dushanba kuni Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt.
“Bu siyosatning o‘zgarishi emas”, – dedi Levitt jurnalistlarning savollariga javob berar ekan. Avvalroq Rossiya transport vazirligi 100 ming tonna xom neft yuklangan "Anatoliy Kolodkin" rus tankeri Kubaga yetib kelgani va Matansas portida tushirilishini kutayotganini ma’lum qilgandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neft mahsulotlarini Kubaga yetkazib berish mavzusi AQSh bilan aloqalar chog‘ida oldindan ko‘tarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!