$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 20°

15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan fuqaro shifoxonada vafot etdi (video)

13:51 / 01.11.2022

Samarqand IIB 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan fuqaroning shifoxonada vafot etganligi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumni “Oytamg‘ali” MFYda yashagan fuqaro B.R. Payariq tumani sudining 03.02.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsa-da, 2021 yil fevral oyidan 2022 yil oktabr oyiga qadar 23.004.990 so‘m miqdorida aliment va moddiy ta’minot pullarini to‘lamasdan kelganligi aniqlangan.

JIB Oqdaryo tuman sudining 25.10.2022 yildagi qarori bilan B.R.ga MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fuqaro B.R. ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga 25 oktabr kuni olib borilgan.



Maxsus qabulxona ichida fuqaro B.R.ning ruhiy holati yomonlashishi (tutqanog‘i tutib qolgan) natijasida yiqilib, bosh qismi xona ichidagi devor burchagiga urilib, tan jarohati olgan.

U bilan bir xonada saqlanayotganlar, shuningdek maxsus qabulxona xodimlari unga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishib, fuqaro RSHTYOIM Samarqand filialiga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Maxsus qabulxonaga keltirilgandan so‘ng ham fuqaro xona ichida o‘ziga-o‘zi gapirib, ruhiyatida buzilish bo‘lgaligi sababli, Maxsus qabulxona boshlig‘i xatiga asosan viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasiga uning ruhiy holatini tekshirish uchun yuborilgan.

28.10.2022 yil Urgut tumani “Halqobod” mahallasida joylashgan viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaro vafot etgan.

Ayni damda holat yuzasidan  prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda marhumning o‘limi sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, IIB xodimlari va shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

 


Bu ham qiziq

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsiz…
10:23 / 04.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

O‘zbekistonda UzAutoSavdo avtomobillarini sotish bo‘yicha yangilangan sayt ishga tushirildi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniy…
18:32 / 04.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025
La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi.
20:04 / 06.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025
Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Bu guruhni ayrimlar xalq militsiyasi deb, boshqalar esa jinoyatchilar to‘dasi deb atamoqda. Klanning o‘zi esa “Maqsadimiz — …
22:04 / 06.06.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
Mask Trampni tanqid qildi

Mask Trampni tanqid qildi

“Kechirasizlar, lekin men boshqa chiday olmayman. Ushbu ulkan va g‘azabni keltiruvchi xarajatlar haqidagi qonun loyihasi jir…
14:33 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!