Ogʻir vaznda WBA, WBO, IBF, IBO yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida yangi post joylashtirdi va unda britaniyalik Entoni Joshua bilan jangdan keyin Ukrainaga qaytgani haqida gapirdi.
“Azizim, biz seni sogʻindik”, – deb suratga izoh yozib qoldirgan Usik.
Eslatib oʻtamiz, Usik va Joshua oʻrtasidagi revansh jangi 12 raund davom etgan, shundan soʻng Aleksandr ochkolar hisobidagi ustunlik evaziga (113-115, 115-113, 116-112) gʻalaba qozongan edi.
Shu tariqa, u ogʻir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini oʻzida saqlab qoldi.
Joshua bilan 2021-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi jangda ham Usik hakamlarning yakdil qaroriga koʻra gʻalaba qozongan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!