Ogʻir vaznda WBA, WBO va IBF yoʻnalishlari chempioni Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan 20-avgust kuni Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida boʻlib oʻtadigan revansh jangi arafasida fikr bildirdi.
“Bu yerda boʻlishdan faxrlanaman. Maʼlumki, mening yurtim ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda, lekin biz maqsadimizga erishish uchun bor kuchimizni sarflayapmiz.
Men hech qachon baland ovozda va dabdabali nutqlarga shoshilmaganman.
Men faqat mashgʻulotlarda astoydil harakat qilaman va jang boʻladigan kungacha tinmayman.
Keyin ringga chiqaman va boksim bilan sizni xursand qilaman. Bilasizmi, mening baxtimning sababi chempionlik kamarlarida emas, balki mening oilam, farzandlarim va ajoyib jamoamda”, — dedi ukrainalik bokschi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!