2025-yil 21-fevral kuni soat 22:10 larda, Andijon tumani “Ming o‘rik” MFY hududida Asaka - Andijon yo‘nalishi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi oraliq masofa saqlamasdan o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda chorrahadan ortga qayrilib olmoqchi bo‘lgan yana bir Nexia-3 avtomashinasining orqasidan borib urilishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo hamda SWM G01 rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olib shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!