$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 21°

Barcha maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi

11:57 / 05.09.2022

Bugun, 5-sentabr kuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 10 085 ta maktabda 2022/2023-o‘quv yili darslari boshlandi.

Avval xabar berilganidek, joriy o‘quv yilida 702 000 nafar bolalar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Aytish lozimki, maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Mazkur “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tashkil etilib, unda xalq ardog‘idagi insonlar, maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.

Shuningdek, respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida 2022/2023-o‘quv yilining birinchi dars soati – “Mustaqil darslari” o‘tkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlar tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tarixning yorqin lavhalari haqida so‘z yuritildi.


Bu ham qiziq

Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 12 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishini t…
08:49 / 05.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025
5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsiz…
10:23 / 04.06.2025
Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Futbol bo‘yicha JCh–2026 turniri 11-iyunda 19-iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
15:07 / 06.06.2025
7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025
La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi.
20:04 / 06.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!