Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.
Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.
Jumladan:
➖1971 yilda tug‘ilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
➖1980 yilda tug‘ilgan Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
➖1972 yilda tug‘ilgan Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
Maʼlumot uchun, ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!