$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Belarus-Rossiya chegarasidagi punktlardan uchinchi davlat fuqarolarining o‘tishi cheklandi

11:04 / 14.01.2024

Rossiya tomonidan yuk mashinalarining Rossiya va Belarus chegarasidan o‘tishi bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar oyidan boshlab Belarus-Rossiya chegarasidagi “Krasnaya gorka”, “Rudnya”, “Krasniy kamen” nazorat punktlaridan uchinchi davlat fuqarolarining o‘tishi cheklandi. Shuningdek, yangi tartibga muvofiq ikki davlat chegarasidan faqat Rossiya va Belarus fuqarolari erkin o‘tishi (kirish va chiqish) mumkin.

Ushbu tartib avtotransportda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan haydovchilarga ham tegishli. Uchinchi davlat (shu jumladan YOIIga a’zo davlatlar) fuqarolari bo‘lgan xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar Rossiya Federatsiyasiga kirishi va mamlakatni faqat xalqaro chegara-nazorat punktlari orqali tark etishi mumkin.

Yangi tartibning joriy etilishi ortidan uchinchi davlat, xususan, O‘zbekiston fuqarolari boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinalarining Rossiya-Belarus chegarasida to‘planib qolish holati kuzatildi. Yuzaga kelgan ushbu holat O‘zbekiston va Belarus hamda Rossiya transport vazirliklari rahbariyati darajasida muhokama etildi.

Shuningdek, Transport vazirligi rahbariyati tomonidan ushbu holatda milliy tashuvchilar manfaatlarini inobatga olgan holda Hukumat darajasida yechim topish yuzasidan diplomatik kanallar orqali muzokaralar olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot test rejimida ishlay boshladi.
16:18 / 06.05.2024
O‘zbekistonda 3 oyda  qancha qurilish ishlari bajarilgan?

O‘zbekistonda 3 oyda qancha qurilish ishlari bajarilgan?

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.
15:08 / 06.05.2024
Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘ta…
10:21 / 06.05.2024
Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024
5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

“Nogiron – jamiyatning teng huquqli a’zosi” deb nomlangan anjumanlar va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
14:49 / 05.05.2024
O‘zbekistonda Instagram foydalanuvchilari qancha?

O‘zbekistonda Instagram foydalanuvchilari qancha?

Foydalanuvchilarning 37,0 foizi ayollar hisoblanadi.
10:08 / 06.05.2024
7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-8-may kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
14:22 / 06.05.2024
Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!