Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida bo‘ri bolalarining sotilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Baxmal tumani IIB bilan hamkorlikda surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Baxmal tumanidagi “O‘smat” MFYda istiqomat qiluvchi T.X. ismli va “Novqa” MFYda yashovchi J.M. ismli fuqaro 3 ta bo‘ri bolasini ushlab, ularni sotish haqidagi eʼlonlarini ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylagan.
Tezkor nazorat reyd tadbirida fuqaro X.T. ning o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashina yukxonasida 3 ta bo‘ri bolasi borligi aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarlarning har biriga MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan jarima jazosi qo‘llanildi.
Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda bo‘ri bolalari ekologlar tomonidan parvarish qilinmoqda. Ob-havoning qulay bo‘lgan vaqtida ularni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!