$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

10:21 / 25.04.2024

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston va AQSh hamkorligining muhim yo‘nalishlari xususan, savdo-iqtisodiy, mehnat munosabatlari, gender tengligi sohalarida aloqalarni rivojlantirish, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida investitsiyaviy, tovar va xizmatlar bozori, tog‘-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Bunda Yuta shtati biznes doiralari bilan o‘zaro manfaatli aniq loyihalarni amalga oshirish, hududlarimiz o‘rtasida sheriklikni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.

Suhbat chog‘ida shuningdek, gender tenglikni taʼminlash, mehnat munosabatlari va migratsiyasi, sog‘liqni saqlash, taʼlim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ijtimoiy loyihalarni faollashtirish masalalari tomonlar eʼtibor markazida bo‘ldi.

Styuart Adams O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borayotgani va ularni yuksak baholashini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, qator yo‘nalishlar xususan, biznes va tadbikorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohalarda hamkorlikda istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish borasida Yuta shtati Senati bor imkoniyatlarni jalb qilishga tayyorligini, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bunga qiziqish bildirayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda parlamentlararo muloqotni yana-da rivojlantirish, mahalliy vakillik organlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.


Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!