Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li bir qismida transport harakat cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘stonliq tumanida sportning velosport-shosse bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabati bilan 28–29-30-iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4P12 Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34-kilometri (Chirchiq platinadan start)dan boshlab 47-kilometrlari oralig‘ida, transport vositalari harakati cheklanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!