$
11963.16 UZS
49.81
₽
142.33 UZS
-0.06
€
13390.36 UZS
61.7
31° Kechasi 18°

Charog‘on yulduz – Cho‘lponning hayot yo‘li haqida

12:31 / 27.09.2024

“Adabiyot yashasa — millat yashaydi” iborasini ko‘p eshitgansiz. “Qalandar”, “Mirzaqalandar”, “Andijonlik” taxalluslarini ham bilasiz. Shekspirning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Hamlet” asarini ham mazza qilib o‘qigandirsiz. Bu uchalasini nima yoki kim birlashtirib turadi? Bugun XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotiga o‘zgacha joziba olib kira olgan adib Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov — Cho‘lpon haqida gaplashamiz. 

1897-yili Andijonning “Qoraterak” mahallasidagi bir xonadonda chaqaloq dunyoga keladi. O‘shanda bu chaqaloq kun kelib, adabiyotning yirik namoyondalaridan biri bo‘lishini kimdir xayoliga keltirganmikin? Shoirning otasi Sulaymon Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning ko‘zga ko‘ringan savdogarlaridan biri edi. Uni andijonliklar “Sulaymon bazzoz” deyishgan. Bu gazlama yoxud mato sotuvchisi degani. Choʻlpon otasiga yordam berish maqsadida bazzozlik bilan ham shugʻullangan. U o‘g‘lini mulla bo‘laqolsin deya madrasaga o‘qishga bergan. O‘shanda Cho‘lpon bir turk bilan tanishib qoladi. Turk kishi Qur’onni butunlay biladigan, g‘oyat savodxonligini aytgan. Keyin bilishicha, Istanbuldagi panturkistlar uyushmasi tomonidan u Sharqiy Turkistonga umumturk g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun yuborilgan bo‘ladi. Gazeta-jurnallarni mutolaa qilishni undan o‘rganganini ta’kidlagan. Madrasadagi darslari qolib ketadi. Shu tarzda adabiyotga muhabbat qo‘yganini, jadidchilikka qanday kirgani haqidagi hikoyasida aytib bergan.

Boʻlajak shoir 1913-yildayoq turk tarixiga doir asarlar bilan tanishgan, soʻngra “Turk yurdi” va “Sayra” kabi nashrlarni muntazam kuzatib borgan. M.Muhammadjonov 1916-yilda Choʻlpon bilan ilk bor uchrashganini eslab: “Abdulhamid har kuni xususiy ravishda ruscha oʻqir edi. Tatariston, Ozarbayjon, Hindistonda chiqadigan hamma gazeta va jurnallarga mushtariy boʻlib, ruscha gazetalarni ham oʻqib turar edi”, — deydi. Bunda otasi o‘g‘liga ancha yordam berganini bilishimiz mumkin. Choʻlpon rus tilini mustaqil o‘rgangan. Shu bilan tarjima sohasida zo‘r ijod qilgan.

 1914-yili Toshkentga keladi va o’z faoliyatini “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan bog‘laydi. Shu yilning 4-iyun kuni uning ilk tanqidiy “Adabiyot nadir” nomli asari e’lon qilingan. Cho‘lpon bu asarni 16 yoshida yozgan. 1916-1917-yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo‘lib ishlaydi. So‘ng Toshkentga qaytadi. 


“Yangi sharq”, “Ishtirokiyun” gazetasida adabiy xodim, Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan Oʻlka oʻzbek bilim hayʼati, 1922-yildan Ilmiy hayʼat)da rais (1920-1923), “Buxoro axbori” gazetasida muharrir (1921-1922), “Turon” teatrida direktor (1921; 1922-1923), “Mushtum” jurnali va “Darxon” gazetasida texnik muharrir, adabiy xodim (1922-1923), Oʻzbek drama studiyasi (Moskva, 1924-1927) va O‘zbek drama teatrida adabiy emakdosh (1927-1931), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931-1934), „Mushtum“ va “Guliston” jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935-1937) bo‘lib faoliyat yuritgan.

She'riy ijodi

Cho‘lponning “O‘zbek yosh shoirlari” (1923), “Go‘zal yozg‘ichlar” (1925), “Adabiyot parchalari” (1926) nomli chop etilgan she’rlari, she’rlari asosida chop qilingan “Uyg‘onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi to‘plamlari o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega.

 Nasriy asarlari

Uning “Kecha va kunduz” (1936) romani, “Do‘xtur Muhammadyor” (1914), “Qor qo‘ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda” hikoyalari yangi davr o‘zbek nasri taraqqiyotiga hissa qo‘shdi.

 Dramalari

Cho‘lponning “Yorqinoy” (1920), “Xalil farang” (1921), “Cho‘rining isyoni” (1926), “Yana uylanaman” (1926), “Mushtumzo‘r” (1928), “O‘rtoq Qarshiboyev” (1928), “Hujum” (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini ko’rsatadi.

 Tarjimalari

Cho‘lpon Pushkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” asarlarini, Gorkiyning “Ona” romani va “Yegor Bulichev” pyesasini, Lohutiyning “Yevropa safari”ni, Gotsiyning “Malikai Turandot”, Shekspirning “Hamlet” dramalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali o‘zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo‘shdi.


Afsuski, 1937-1938-yillarda mustabid sho‘ro hokimiyati o‘zbeklarning boshiga zo‘ravonlik va xunrezliklarni ham soldi. Milliy ziyolilarni orasiga tushib, gijgijlab, bir-biriga qarshi qilib qo‘ydi. Chaqimchiliklar ham avj olib ketdi. Dastavval Fayzulla Xo‘jayev va Akmal Ikromovlar qamaldi. Keyin bu saf kengaydi: Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Cho‘lponlar qo‘shildi. Xalq esa sevimli shoir va adiblari ozodlikka chiqishidan umidvor edi. Ularning ijodi qoralandi, “xalq dushmani” tamg‘asi bosildi. Yozuvchi Oybek esa Cho‘lponni himoya qilishga harakat qilgan. Hukumatni Oybekning “Qizil Oʻzbekiston” gazetasidagi “... Choʻlpon oʻzining kelib chiqishi, tarbiyasi va intilishlari bilan bu narsadan yiroqdir”, degan soʻzlari gʻazablantirgan. Boz ustiga, Oybek uni ahamiyatiga koʻra Pushkin bilan bir darajaga qoʻyib, Choʻlpon va Pushkinni tenglashtirishga jurʼat etgan:

“... Nahotki, biz hozirgi adabiy talablarga javob bermaydi deb hisoblab Choʻlpondan voz kechamiz? Menimcha, bu xatodir... Shoirlarni qulogʻidan tortib proletar shoirga aylanishga majburlab boʻlmaydi... Bizning zamonaviy adabiy talablarimizga javob bermaydi deb Choʻlpondan uzoqlashishimiz kerakmi? Menimcha, bu yanglish harakat. Agar biz hozir rus oʻrtoqlarimizga qarasak, ular Pushkinni qanchalar sevishlarini koʻramiz. Uni hamma oʻqiydi va yaxshi koʻradi. U inqilobdan keyin ham Pushkinligicha qolgan. Rus adabiyotida oliy oʻrinni egallagan. Pushkin proletar shoir boʻlmagan, u pomeshchik va hukmdorlar shoiri boʻlgan va uning dunyoqarashi zamonaviy davrga mos kelmaydi, lekin nega uni bunchalar yoqtirishadi? Negaki, u goʻzal asarlar yaratgan, rus sheʼriga ajoyib badiiy obrazlarni taqdim etgan, bu orqali rus adabiyotining oʻlmas boyliklarini yaratgan. Ruslar hech qachon ushbu buyuk adabiy merosdan voz kechishmaydi.

 Biz ham Choʻlpondan qoʻl tortmaymiz. Choʻlpon yangi adabiyotda yangi shakllarga asos soldi. Mistik adabiyot oʻrniga zamonaviy ziyrak adabiy didga javob beruvchi ajoyib sheʼrlarni taqdim etdi. Bugungi yosh avlod uning jozibali texnikasini, sodda tilini, gʻaroyib uslubini sevadi va undan koʻp ajoyib narsalarni qabul qiladi.

Choʻlponning gʻoyalari emas, balki u tomonidan yaratilgan original sheʼriy obrazlar oʻqiladi va undan hech kim voz kechmaydi”.

Qolaversa, Germaniyada tahsil olgan, “Koʻmak” jurnalini chop ettirgan turkistonlik talabalar jurnal sonlaridan birida Choʻlpon Shekspir bilan taqqoslangan maqolani eʼlon qilishganini keltirsak. Maqola muallifi yozadi: “Men Shekspir lirikasi va Choʻlpon sheʼriyati oʻrtasidagi farqni qanchalik qidirmay, uni topa olmadim. Men Choʻlponning “Uygʻonish”ini qayta-qayta oʻqiganman. Shekspirni oʻqiganman. Nihoyat, Shekspir ‒ bu Choʻlpon yoki Choʻlpon ‒ bu Shekspir, degan xulosaga keldim”. Ushbu yozuvlar ruslarni yanada g‘azablantirib, Cho‘lponning ahvolini og‘irlashtirardi.

Cho‘lpon adabiyot orqali xalqining dunyoqarashini o‘zgartira olishini bilar edi. Shu boisdan millatni uyg‘otuvchi asarlarni qo‘rqmasdan yozardi. Sho‘ro hukumati esa buni kechirmadi. Cho‘lpon 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olingan. “4-oktyabrdan 5-oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla Qodiriy, Otajon Hoshim kabi ziyolilar hozirgi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan NKVD maxsus poligonida otib tashlangan. Ularning barchasi bitta chuqurga kafansiz, janozasiz maxfiy ravishda dafn etilgan. Jasadlar tezroq chirib ketishi uchun ustilaridan yo xlor sepishgan yoki tezak tashlashgan.

 Cho‘lponga o‘q yetmay qolganidanmi yoki to‘pponcha otilmaganidanmi, jallodlar uni o‘sha kecha otmaslikka qaror qiladi. Ammo shoir “O‘ldiringlar! Men senlarning davlatingda, zamoningda yashashni istamayman! Senlarni ko‘rgim yo‘q”, deb baqiradi. Shunda Cho‘lponni bolta bilan chopib o‘ldirishgan”, deydi adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov.

                                                                          Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov

U vafotidan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va “Mustaqillik” ordeni (1999) berilgan.

1956-yilda oqlanib, 1991-yilda birinchi bor “Yana oldim sozimni” nomi bilan eng yaxshi she’riy asarlari to‘plam holida nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O.Sharafiddinov) “Kecha va Kunduz” romani o‘rin olgan. 2016-yilda andijonlik yozuvchi Nabi Jaloliddin Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ikki kitobli tarixiy romanni yozib tugatdi.

 

Yillar o‘tsada, o‘quvchilar Cho‘lponning ijodidan bahramand bo‘lishmoqda. Cho‘lpon hamisha millat yuragida yashaydi.

Ko‘ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do‘stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og‘ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o‘lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan.
Kishan kiyma,
Bo‘yin egma,
Ki, sen ham hur tug‘ulg‘onsan!

Toshkent, 1922, 7-avgust

 Maqola muallifi Munisaxonim Irisova


O‘zbekiston


														
														Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7…
15:56 / 14.10.2026

														
														Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Bugun, 14-oktyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respubl…
15:47 / 14.10.2026

														
														Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026

														
														MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amerikalik bloger Jimmy Donaldson, ya’ni MrBeastning O‘zbekisto…
11:58 / 14.10.2026

														
														Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026

														
														O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalar uchun 2030-yilgacha yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish takl…
10:23 / 14.10.2026

														
														Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026

														
														O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026

														
														Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatning ilg‘or rivojlanish hududlarida ishlaydigan xorijiy fuqarolarni rus tili, Rossiya…
09:50 / 14.10.2026

														
														Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026

Bu ham qiziq

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026
Gulistonda narkolaboratoriya fosh etildi: uch kishi ushlandi

Gulistonda narkolaboratoriya fosh etildi: uch kishi ushlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlab, sotish bilan shug‘ullangan uch nafar…
09:33 / 14.10.2026
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz fa…
09:13 / 14.10.2026
O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026
Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt avtomobili elektroskuter bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ld…
14:31 / 13.10.2026
Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7…
15:56 / 14.10.2026
O‘zbekistonda 3,4 million tonna paxta yig‘ib olindi

O‘zbekistonda 3,4 million tonna paxta yig‘ib olindi

O‘zbekistonda 2026-yil 12-oktyabr holatiga ko‘ra, 3,4 million tonna paxta xomashyosi yig‘ib olindi. Bu joriy yil uchun belgi…
09:25 / 13.10.2026
Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanishdi

Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Yoshlarning innov…
16:26 / 13.10.2026
O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalar uchun 2030-yilgacha yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish takl…
10:23 / 14.10.2026
Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!