$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

DSQ qariyb 11 mlrd so‘mlik xarid cheklari uchun berilgan keshbek summasini bekor qildi

14:46 / 02.02.2022

Davlat soliq qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 1-yanvardan 1-fevralga qadar 32 755 242 ta (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, 17 134 987 ta ko‘p, ya’ni 191 foizga oshgan) xarid cheki onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan bo‘lib, shundan 1 482 563 tasiga "Soliq" mobil ilovasi orqali 19,4 mlrd so‘mlik keshbek hisoblangan.

Ammo, bugungi kunga qadar keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida vazifalarini suiiste’mol qilib  o‘zgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari aniqlandi.

Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd so‘mlik 15,9 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xususan, TXKM xodimlari:

– Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 7 524 ta 5,8 mlrd so‘mlik;

– Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 5 206 ta 4,6 mlrd so‘mlik;

– R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 3 131 ta 0,6 mlrd so‘mlik cheklarini “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan.

DSQ “Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan ro‘yxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilinishini hamda Qo‘mita keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib borilshiin ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlaridagi xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi QR-kodli chekini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 foiz keshbekka ega bo‘lmoqda. 

Ma’lumot uchun, keshbek (inglizcha cashback – naqd pulning qaytib berilishi) mijozlarni jalb qilish va sadoqatini oshirishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, asosan internet-savdolari, bank mahsulotlarida va o‘yin biznesida qo‘llanadi.


Bu ham qiziq

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

U buning uchun 3 hafta vaqt sarflagan.
10:18 / 26.04.2024
Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024
Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Crocus City Hall’dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begi…
09:36 / 27.04.2024
Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!