Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Termiz tumanidagi MChJ tomonidan barpo etilgan o‘rikzorlarda innovatsion texnologiyani muvaffaqiyatli qo‘llanishi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirgan. 2020-yilda tashkil etilgan korxonada o‘tgan qisqa vaqt ichida qariyb 102 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish orqali o‘rik (mikado, magadant, kaloroda, maykod, lidegod, sinishkod, rubitsa, kasinko, radova) va shaftoli (nektar) parvarishlash yo‘lga qo‘yilgan.
“Hosilni yig‘ib olishga jadal kirishgan bog‘bonlar xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan, darmondoriga boy neʼmatni Rossiyaga eksport qilishga ham kirishdilar”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratilgan korxonada hosilni yig‘ishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqda. Ko‘chatlar 3-4 yillik bo‘lgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!