$
12913.19 UZS
4
154.17 UZS
0.87
13908.80 UZS
-26.67
18° Kechasi

Energiya samaradorligini oshirish tadbirlari bo‘yicha axborot berildi

20:12 / 26.03.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni energiya resurslarini iqtisod qilish, iste’mol samaradorligini oshirish hamda ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Energiya resurslarining eng ko‘p sarfi, avvalo, iqtisodiyot tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Eski davrlarda qurilgan zavodlar ekologiya va energiya samaradorlik talablariga javob bermagan. Yillar davomida modernizatsiyaga yetarli e’tibor berilmagan. Ba’zi joylarda elektr va gaz kunlab bo‘lmagan. Sanoat korxonalarida iste’mol va yo‘qotishlar ko‘p bo‘lgan.

Shu bois so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohalari energiya samaradorlik jihatidan yangilanmoqda. Yirik korxonalar va energetika tarmoqlari kesimida alohida dastur amalga oshirilmoqda.

2030-yilga borib, mamlakatimiz aholisi 41 millionga yetishi, iqtisodiyot 2 karra o‘sishi kutilayapti. Bu energiya resurslariga bo‘lgan talabni hozirgidan 1,5 karra oshiradi. Shuning uchun yangi loyihalarni ishga tushirib, quvvatni ko‘paytirish bilan birga energiyani tejash choralarini ko‘rish zarur.  

Yig‘ilishda mutasaddilar shu boradagi ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.

Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, o‘tgan yilgi tajribani davom ettirib, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari olimlar ishtirokida ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Xususan, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi o‘rganishlarda 870 million kilovatt soat elektr va 420 million kub metr gazni iqtisod qilishning yangi imkoniyatlari aniqlandi. Masalan, bu viloyatlardagi kichik va o‘rta sanoat korxonalarida 35 mingga yaqin eskirgan uskunalarni tejamkoriga almashtirib, yiliga 385 million kilovatt soat elektr va 50 million kub metr gaz tejash mumkin.

Tuman va mahallarda energiyani iqtisod qilish bo‘yicha imkoniyatlar juda ko‘p. Masalan, 300 ta mahallada 100 megavattli kichik quyosh stansiyalari barpo qilib, shu yilning o‘zida 45 million kub metr gaz tejasa bo‘ladi. Bundan tashqari, kanal va soylarda quriladigan mingdan ziyod mikro GESlar hisobiga qo‘shimcha 175 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.

Ko‘chalarni yoritishga ham yiliga 200 million kilovatt elektr sarflanayapti. Quyosh panelli chiroqlar o‘rnatilsa, iste’mol 2 karra kamayadi.

Shu kabi imkoniyatlar hisobidan, bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha reja olindi.

Davlatimiz rahbari, birinchi navbatda, yirik sanoat korxonalarida zamonaviy tejamkor uskunalar o‘rnatish, energiya isrofini kamaytirish zarurligini ta’kidladi. Hukumatga bu sohada yangicha ijro va nazorat tizimida ishlash topshirildi.

Ishxonalar va uy-joylarda energiyani tejash madaniyatini oshirish ham muhim. Elektr va gazni behudaga yoqib qo‘ymaslik, quyosh panellari va boshqa muqobil manbalardan foydalanish ham ancha hajmni tejaydi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi zich joylashganini hisobga olib, ularni energiya bilan ta’minlashda alohida yondashuv ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladi

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladi

O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb mas…
17:32 / 30.03.2025

														
														Namanganda yong‘in oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Namanganda yong‘in oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 4 yoshli bola yong‘inda qolib vafot etdi. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” d…
15:32 / 30.03.2025

														
														O‘zbekistonda yangi haftada harorat 30 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda yangi haftada harorat 30 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet 31-martdan 2-aprelga qadar kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:20 / 30.03.2025

														
														Tailandda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Tailandda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Shu yil 3-mart kuni O‘zbekiston fuqarosi I.S. Tailandning Pattaya shahrida insultga chalinishi natijasida shoshilinch tarzd…
13:47 / 30.03.2025

														
														Endi tomorqadan samarasiz foydalanganlarga chora ko‘riladi

Endi tomorqadan samarasiz foydalanganlarga chora ko‘riladi

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida…
09:49 / 30.03.2025

														
														O‘zbekiston eksportida yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqor…
09:17 / 30.03.2025

														
														Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi.
22:22 / 29.03.2025

														
														1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan e’tiboran qonunchilikda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshadi.
21:50 / 29.03.2025

														
														Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

2025-yil 1-maydan boshlab, huquqiy maqomini tartibga solmagan shaxslarga nisbatan chiqarib yuborish va kelajakda Rossiyaga k…
20:34 / 29.03.2025

														
														Hayit namozi kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

Hayit namozi kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

2025-yil 30-mart kuni poytaxtimizdagi 124 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, 30-mart kuni s…
20:13 / 29.03.2025

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida 488 kishini afv etdi

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida 488 kishini afv etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida 488 kishini afv etdi. Afv etilganlar orasida 100 kishi ja…
20:01 / 28.03.2025
2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

Bundan tashqari Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashmo…
09:32 / 30.03.2025
Namanganda yong‘in oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Namanganda yong‘in oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 4 yoshli bola yong‘inda qolib vafot etdi. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” d…
15:32 / 30.03.2025
Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

2025-yil 1-maydan boshlab, huquqiy maqomini tartibga solmagan shaxslarga nisbatan chiqarib yuborish va kelajakda Rossiyaga k…
20:34 / 29.03.2025
Ukraina kosmik kuchlarni yaratish ustida ishlamoqda

Ukraina kosmik kuchlarni yaratish ustida ishlamoqda

Ukraina Mudofaa vazirligi davlat va xususiy kompaniyalar, shuningdek, olimlarning mudofaa kuchlari bilan o‘zaro hamkorligini…
08:49 / 30.03.2025
Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga bordi.
12:31 / 29.03.2025
Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladi

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladi

O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb mas…
17:32 / 30.03.2025
Hayit namozi kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

Hayit namozi kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

2025-yil 30-mart kuni poytaxtimizdagi 124 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, 30-mart kuni s…
20:13 / 29.03.2025
1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan e’tiboran qonunchilikda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshadi.
21:50 / 29.03.2025
Myanmada zilzila qurbonlari soni 1000 dan oshdi

Myanmada zilzila qurbonlari soni 1000 dan oshdi

“Kamida 1002 kishi halok bo‘ldi va 2376 kishi jarohatlandi. Garchi kecha ko‘plab takroriy silkinishlar kuzatilgan bo‘lsa ham…
10:46 / 29.03.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!