Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq; 1-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.