Asli chechen bo‘lgan shvetsiyalik UFC jangchisi o‘rta vazn chempionlik jangi g‘olibiga qarshi kurashishga tayyor.
“Agar UFC Kamara Usman va Leon Edvardsni yana bir joyga keltirmoqchi bo‘lsa, unda muammo bo‘lmaydi. Yana jang qilaman. Keling, nima bo‘lishini ko‘rib chiqaylik.
Balki men Adesanya yoki boshqa yigit - Pereyra bilan uchrasharman. Kim g‘alaba qozonsa, mening raqibimga aylanishi mumkin.
Keling, Neyt Diaz bilan jangimdan keyin Dana Uayt nima deyishini kutamiz. U so‘nggi jangdan keyin katta ehtimol bilan kamar uchun jang qilishimni aytardi, ammo bunday bo‘lmadi”, — dedi Chimayev.
11-sentyabr kuni Chimayev va Diaz o‘rtasidagi jang Las-Vegasda UFC 279 turnirida bo‘lib o‘tadi. Adesanya va Pereyra 12-noyabr kuni Nyu-Yorkdagi UFC 281 turnirida jang qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!