$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

IIV Sevimli telekanali muxbirlarining kaltaklanishi yuzasidan maʼlumot berdi

11:40 / 13.06.2022

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Sevimli telekanalining rasmiy saytida “Paxtakor” stadionidagi O‘zbekiston-Iroq futbol terma jamoalari o‘yni vaqtida telekanal jurnalistlari IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Unda aytilishicha, IIO xodimlari chempionatni yoritishga borgan jurnalist va tasvirchini akkreditatsiyadan o‘tkazilganiga qaramay ularni stadionga kiritmagan.

Shundan so‘ng, ijodiy guruh kiritmagani uchun o‘zining eʼtirozlarini bildirgan va stadion oldidagi holatni tasvirga olishni boshlagan. Organ xodimlari esa tasvirchining ruxsatnomasiga chang solgan, kamerasini tortib olgan, tasvirchining qo‘lini orqaga qayirib, jurnalistdan uzoqlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov vazirlikning rasmiy munosabatini bildirib, unda joriy yil 11 iyundagi futbol uchrashuvida IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan soat 21:00dan keyin, stadionda bo‘sh joylar qolmaganligi sababli, fuqarolarni stadionga kirishi to‘xtatilgani va shu vaqtda, Alisher Navoiy ko‘chasi tarafdan stadionga kirish uchun tashkil etilgan tashqi nazorat perimetrda ayrim fuqarolar norozilik bildirib, stadionga kirishga harakat qilib, janjal uyushtirganini aytadi.

Shuningdek, xodimlar tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bezorilik harakatlari zudlik bilan bartaraf etilib, bir nechta fuqarolar tuman IIBga olib borilgan.

IIV talqiniga ko‘ra, mazkur fuqarolar orasida “Sevimli” telekanali “Zamon” dasturining vakillari ham bo‘lgan hamda odamlar o‘rtasidagi mushtlashuv jarayonida telekanal operatori T.Ibroximovga tan jarohatlari yetkazilib, texnik ashyolari zarar ko‘rgan. Unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilib kasalxonaga yetkazilgan. 

Shu kuni boshqa fuqarolardan tan jarohati olganligi bo‘yicha maʼlumotlar kelib tushmagan.

Hozirda, holat yuzasidan tekshiruv tayinlanib, jamoat tartibini buzgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha, o‘z navbatida, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham munosabat bildirib, ayni vaqtda o‘z vakolati doirasida Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Milliy gvardiyaga so‘rov yuborganini maʼlum qildi. 

AOKA, shuningdek, “ayni paytda davom etayotgan xizmat tekshiruvi natijalarini sinchkovlik bilan kuzatib borishi”ni bildiradi. Biroq, IIV munosabatida xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida biror jumla uchramaydi.

Milliy gvardiya ham “telekanali xodimlariga tan jarohati yetkazishga aloqador shaxslar aniqlanayotgani va tekshiruv natijalariga ko‘ra, aybdor deb topilgan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishini maʼlum qilgan, xolos.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024
Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Ta’kidlanishicha, bedarak yo‘qolganlar Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘lganlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
15:03 / 01.05.2024
Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya – bu yurakning bir daqiqa davomida 60 tadan kam qisqarishi hisoblanadi.
10:34 / 01.05.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
02:14 / 01.05.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
10:26 / 01.05.2024
Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.
10:20 / 01.05.2024
“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!