Chorshanba kuni Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida joylashgan Meyda ekspress yo‘lining bir qismida qulash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sabab 31 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
“CCTV” xabariga ko‘ra, kamida 19 kishi halok bo‘lgan.
Meychjou shahri hukumatining aniqlik kiritishicha, voqea soat 02:10 atrofida Meychjou shahridagi yo‘lning bir qismida sodir bo‘lgan. Hozirda yo‘l yopilgan, qutqaruv ishlari olib borilmoqda, favqulodda holat sabablari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!