$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Ilk bor o‘zbek shifokorlari tomonidan siam egizaklari ajratib olindi

15:41 / 19.01.2023

Tibbiyot tarixida ilk bor o‘zbek shifokorlari tomonidan siam egizaklari o‘ta noyob operatsiya natijasida ajratib olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda murakkab amaliyotlar o‘tkazish borasida noyob muassasa hisoblanadi. Buni qo‘shni davlatlardan kelayotgan bemorlar oqimidan ham bilish mumkin.

O‘zbekistonlik yaqinlaridan ushbu shifoxona haqida eshitgan qirg‘izistonlik egizaklarning ota-onasi bu yerga o‘tgan yil iyun oyida murojaat qilgan.

Gap shundaki, 2022-yil 31-mayda dunyoga kelgan chaqaloqlar siam egizaklari bo‘lib, ulardagi bu noodatiy holat homilaning 28 haftaligida aniqlangan va bo‘lajak ona O‘sh shahridan Bishkek shahriga yuborilgan. 29-haftada tug‘uruq jarayoni “kesarcha” usulida amalga oshirilgan. Dunyoga kelganida umumiy vazni 1 600 gramm bo‘lgan chaqaloqlarga Fotima va Zuhra deb ism qo‘yishgan.

Jajji Fotima va Zuhra tanasining qorin qismi, aniqrog‘i, jigari bilan birlashgan edi. Bitta ichki a’zolarga ega egizaklarni ajratish esa o‘ta murakkab va xavfli operatsiya edi. Ular yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, ya’ni opa-singillarning farzandlaridan dunyoga kelgan.

Tug‘uruqdan 10 kun o‘tgach, ota-onaga bolalarning yashab qolish imkoni umuman yo‘qligi aytilib, uyiga ruxsat berilgan. Ammo farzandlarining yashab ketishidan umid uzmagan ota-ona oradan bir oy o‘tgach, O‘zbekistondagi Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya markazi rahbari Baxtiyor Ergashevga telefon orqali murojaat qilishdi.

Bemorlar holatidan xabardor bo‘lgan tajribali neonatal xirurg, professor B. Ergashev ularni yanada chuqur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish zarurligini aytadi. Ammo O‘sh shahrida buning imkoni bo‘lmaydi. Shunga qaramay, tajribali mutaxassis egizaklarni har oy onlayn tarzda tibbiy nazorat qilib boradi. Nihoyat oktyabr oyida go‘daklar Respublika perinatal markazining Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markaziga olib kelinadi. Bu paytda ular 5 oylik bo‘lib qolgan edi...

O‘zbekistonda siam egizaklari avval ham operatsiya qilinganmi?

Shu paytgacha yurtimizda bu turdagi amaliyot faqat bir marta Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilgan. Unda ham operatsiya chet eldan chaqirilgan mutaxassis boshchiligida va bevosita ishtirokida kechgan.

Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazida o‘tkazilgan ushbu o‘ta murakkab amaliyot esa to‘liq o‘zbek shifokorlari tomonidan amalga oshirildi. Bu operatsiyani mamlakatimizning eng tajribali xirurglari yordamisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Bizga ustozlarimiz – Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, professor Habibullo Oqilov va ToshPTI bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, professor Nasriddin Ergashev yaqindan yordam berdi”, – deydi tibbiyot fanlari doktori, professor B. Ergashev.

Operatsiya kuni...

O‘tgan yilning 16-dekabr kuniga qadar Respublika perinatal markazi jamoasi o‘zaro maslahatlashdi. Egizaklar to‘liq konsilium qilingan. Muassasadagi barcha yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar tekshiruvdan o‘tkazildi. Eksperiment tariqasida sinov amaliyotlari o‘tkazilib, tibbiy jamoa ham, texnologiyalar ham shay holatga keltirildi. Shundan so‘ng 19-dekabr kuni operatsiya belgilandi.

Tibbiy jamoa...

Siam egizaklari bir-biridan ajratilgach, Fotimaxonni Baxtiyor Ergashev, Nasriddin Ergashev va Nurbek Egamnazarov, Zuhraxonni esa Habibullo Oqilov, Javlon Muxtorov va Abdujamil Abdug‘aniyevdan iborat neonatal xirurglar jamoasi operatsiya qildi.

Ularga Resbpublika perinatal markazining neonatolog, reanimatolog va anesteziologlari U.Azimova, M.Shovazova, A.Qurbonova, F.Jo‘rayeva, D.Xaliqulova, M.Miryunusova, shuningdek, malakali operatsiya va tibbiy hamshiralar guruhi yaqindan yordam berdi.

Natija...

Ushbu amaliyotlar xirurglar tili bilan aytganda “silliq” o‘tdi.

Operatsiya xonasiga bir vujud sifatida olib kirilgan chaqaloqlar ikki mustaqil organizm sifatida olib chiqildi. O‘ta murakkab amaliyotni boshdan o‘tkazishgani va nimjonligi ularning tiklanish jarayonini sekinlashtirdi. Ayniqsa, Zuhraxonning buyraklari me’yordan ancha kichik ekani shu yerda o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Uning salomatligini tiklashda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar bo‘limi mutaxassislari ham katta hissa qo‘shdi.

Mutaxassislar endilikda “siam egizagi” deb atalmayotgan ushbu bolajonlarning ahvolini stabil deb baholamoqda. Yaqin kunlarda chaqaloqlarni yashash joyiga chiqarishga umid qilinayapti. Bu natijaga erishishda bir yoqadan bosh chiqarib ishlagan xirurglar, umuman, professional darajada ish olib borgan katta jamoa asosiy rol o‘ynadi.

Ular o‘z mahorati, bilimi, tajribasi va jur’ati bilan o‘zbek tibbiyoti solnomasiga yana bir ulkan voqeani yozib qo‘yishdi.

Operatsiyada ishtirok etgan mutaxassislar Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Qanday holatlarda siam egizaklari dunyoga kelishi mumkin?

Siam egizaklari tanasining ma’lum bir qismi birlashgan holda tug‘iladi. Ularning ichki organlari ham birlashgan bo‘lishi mumkin. Tanasi tutash chaqaloqlarni vaqti kelib jarrohlik yo‘li bilan ajratish mumkin, biroq umumiy ichki a’zolarga ega egizaklarni tanasidan ajratish deyarli imkonsiz.

Odatda, siam egizaklari 200 ming holatda bir marta uchrashi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning aksariyati o‘lik holatda dunyoga keladi. Tirik tug‘ilganlarining 5 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan qismi uzoq umr ko‘rish baxtidan benasib bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025
Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga rasm…
10:38 / 11.06.2025
Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Reuters’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlarni shoshilinc…
10:00 / 12.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!