$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

“Is gazi shunday baloki, soppa-sog‘ odam bir tuki to‘kilmay jasadga aylanadi...”

22:01 / 16.12.2021

Har yili havo sovugani sari yuragim orqaga tortishni boshlaydi. Chunki uning ortidan turli noxush holatlar ko‘payadi. Kimlarningdir vafot etgani yoki zaharlanib qolganligi haqidagi xabarlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘ladi. Bularning aksariyati esa is gazi bilan bog‘liq.

Yaqinda bir nechta rasmiy saytlarda ham shu kabi xabarlarni o‘qib qoldim. Samarqand viloyatida konteyner ichidan ikki kishining jasadi topilgan, Urgut tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi er-xotin, Farg‘ona viloyatida yashovchi ota va o‘g‘il, O‘rta Chirchiq tumanidagi bir oilaning uch a’zosi, Qoraqalpog‘istonda bir talaba, Narpaylik bir oilaning 4 a’zosi aynan is gazi oqibatida vafot etgan...

Bu holatlarning barchasi noyabr oyida yuz bergan va internet nashrlarida e’lon qilingan. Endi o‘ylab ko‘ring-a, biz o‘qimagan, ko‘rmagan, bilmaganlarimiz qancha ekan? Bu haqida o‘ylashning o‘zi kishini vahimaga soladi.

Is gazi shunday baloki, soppa-sog‘ odam bir tuki to‘kilmay jasadga aylanadi. Ba’zan butun oilalar, to‘da-to‘da odamlar tarashadek qotib qoladi. O‘sha onda jon bermagan odam uzoq vaqtga sog‘ligini yo‘qotadi, hatto bir necha hafta o‘tgandan keyin ham o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin. O‘lmay qolganlar ham jiddiy asab buzilishlariga duchor bo‘ladilar.

Qarshi shahrida bundan bir necha yil avval sodir bo‘lgan voqea har qanday inson qalbini larzaga keltiradi. Bir xonadonda yosh er-xotin va ikki farzandi, ularnikiga mehmonga kelgan kuyovning talaba singlisi, kuyovning amakisining ikki o‘g‘li yig‘ilishgan. Mehmonlar yangi uy hovlisidagi ishlarga yordamga kelishgan bo‘lgan. Bir kechada hammasi, jami 7 kishi, jumladan 5 va 3 yoshli qizaloqlar is gazidan zaharlanib jon berishadi. Tongda yosh kelinni o‘z bolasini sudrab, eshik tutqichini ushlagancha joni uzilgan holda topishadi.

Jasad ko‘pligidan kelinni ikki bolasi bilan ota hovlisidan chiqarishadi. Sababi, erining uyida ham ikki jasad bor edi. Ularning yon atrofida yashaydigan ikki amakining uyida ham ikki tobut. Nafaqat mahalla, butun hudud oyoqqa turadi. Voqeaning bevosita guvohlarining aytishicha, qabristondagi odamlar ketmay navbat bilan kelayotgan mayitlarni qabrga qo‘yaverganlar...

  Quyidagi misollarni o‘qib, kimdadir qo‘rquv, kimdadir hayratlanish, yana kimdadir rahm hissi uyg‘onishi tabiiy. Ammo bir holat borki, uni eshitib hayratlanishni ham, yig‘lashni ham, kulishni ham bilmay qolasiz. Bu esa oramizda is gazi nima va uning qanday xavf keltirishi haqida bilmaydigan insonlarning borligidir. Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi, televizor ko‘radi. Ammo is gazi va yong‘in xavfsizligi borasida targ‘ibot materiallari uzatilayotgan vaqtda e’tibor bermaydi. Bu loqaydlik emasmi?

Quyida is gazi va undan himoyalanish borasidagi ayrim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50−60% gacha is gazi bo‘ladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Bundan tashqari, hozirda savdo do‘konlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan "kamin" gaz uskunasi chiroyli, ixcham ko‘rinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib qo‘ysa bo‘ladigan qulayliklarga egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni o‘rnatish va foydalanishga doir texnik pasport o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bo‘lmaydi. Mazkur gaz uskunasi o‘zboshimchalik bilan, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz "Qurilish me’yorlari va qoidalari" talablarini buzgan holatda o‘rnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.

Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma — karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir holatlarda esa — anoksiyaga olib kelishi hamda shu tariqa inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari.

Bosh miya tizimida:  uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish;

Ko‘rish tizimida:  ko‘z oldining qorong‘ulashishi;

Eshitish tizimida:  eshitish qobiliyatining pasayishi;

Teri qismida: terlash kuchayishi;

Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal;

Yurak qismida: puls va AB ortishi;

Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).

Kundalik hayotda gazdan foydalanishda iste’molchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

•    o‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni almashtirish yoki ta’mirlash;

•    gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish;

•    gaz asboblari konstruksiyasiga, dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirishlar kiritish o‘zgartirish;

•    shamollatish kanallarini to‘sib qo‘yish, dudburonlarni tozalash “cho‘ntaklari” va darchalarini berkitib tashlash;

•    xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish. Gaz asboblari, avtomatikasi, armaturasi va gaz ballonlari nosozligida gazdan foydalanish;

•    dudburon va shamollatish kanallari o‘z vaqtida tekshirmasdan gazdan foydalanish;

•    maxsus ma’lumotga ega bo‘lmay va gaz xo‘jaligi korxonasidan ruxsatnoma olmay turib, dudburon hamda shamollatish kanallarini tozalash, tekshirish hamda gaz-ballon qurilmasining ballonlarini almashtirish;

•    fortochkalar (framugalar), jalyuzali panjaralar, shamollatish kanallarining panjaralari, vannaxona va oshxona eshiklari ostidagi tirqishlar yopiqligida, dudburon hamda shamollatish kanallarida tortish bo‘lmagan hollarda gazdan foydalanish;

•    uzluksiz ishlashga mo‘ljallanmagan, tegishli avtomatikaga ega bo‘lmagan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;

•    maktab yoshidagi bolalarga, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan va gaz asboblaridan foydalanish qoidalarini bilmaydigan  shaxslarga ulardan foydalanishga ruxsat berish;

•    gaz plitalaridan xonalarni isitish uchun foydalanish;

•    gaz asboblari o‘rnatilgan xonalarda uxlash va dam olish;

•    gaz chiqayotganligini aniqlash uchun olov yoqib tekshirish;

•    tabiiy gazdan foydalanishdagi turli xildagi rezina shlanglar, gaz so‘rgichlardan foydalanish;

•    avtomobillarga o‘rnatilgan yoki ulardan yaroqsiz deb yechib olingan texnik ko‘rikdan o‘tmagan metan va propan gaz balonlardan foydalanish.

Is gazidan zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:

   Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
   Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;
   Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);
  Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
   Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;
   Nashatir spirtini hidlatish;
   Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
   Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
   Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.

Shuningdek, quyidagi shoshilinch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘rang:

1.      101 – yong‘in xavfsizligi xizmati;

2.      104 – gaz avariya dispetcherlik xizmati;

3.      103 – tez tibbiy yordam xizmati;

4.      1050 – qutqaruv xizmati.

Azizlar, o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun barchamiz birdek masulmiz. Yuqoridagi kabi noxush holatlar, bevaqt o‘limlar bizning ham hayotimizda sodir bo‘lmasligi uchun is gazidan ogoh bo‘laylik!

Manzura (Parvoz) Sayfiddinova

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-bosqich magistranti

“Kelajak liderlari” klubi a’zosi


O‘zbekiston


														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

														
														O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

														
														Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024
Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!