Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ni muqaddam Buxoro pedagogika institutida o‘qituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Tadbir davom ettirilib, fuqaro F.R. ham tanishi R.Sh. orqali 2 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro Sh.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!