MLS vakili “Toronto” klubi rasmiy saytida yozilishicha, kanadaliklar Italiya terma jamoasi va “Napoli” hujumchisi Lorenso Insinye bilan rasman shartnoma imzoladi.
Qayd etilishicha, “Toronto” va 30 yoshli italiyalik o‘rtasidagi to‘rt yillik shartnoma imzolandi. Futbolchi joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi va 2022-yilning yozida kanadaliklar safiga borib qo‘shilishi rejalashtirilgan. Kelishuvga ko‘ra, Lorensoning MLSdagi yillik maoshi 15 million yevro etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Insinye “Napoli” akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Neapolliklar safida forvard 416 o‘yin o‘tkazib, 114 gol va 91 golli uzatmani amalga oshirgan. Italiya terma jamoasi libosida esa 53 uchrashuv o‘tkazib, 10 gol kiritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!