Joriy yilning 7-dekabr kuni soat 06:30 larda Buxoro viloyatida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan haydovchi Equinox rusumli transport vositasini M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lida boshqarib borayotib, rul boshqaruvida uxlab qolishi oqibatida G‘allaorol tumanidagi “Sangzor-15” YPX blok postida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Hodisa oqibatida haydovchi va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchiga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
“Shu o‘rinda barcha haydovchilardan uzoq masofaga harakatlanganda charchoqlik alomatlari bilan rul boshqaruviga o‘tirmasliklarini so‘raymiz”, – deyilgan xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!