$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Joriy yil O‘zbekistonda 2 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etiladi

17:52 / 07.04.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Unda uchta masala – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari muhokama qilinadi. 

“Bugun muhokama qiladigan uchta masalamiz bevosita inson qadri bilan bog‘liq, xalqimizni rozi qilishga qaratilgan. Ularni bajarmaslikka hech qaysi rahbarning haqqi yo‘q.

Kun tartibidagi birinchi masalada ichki yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalarni muhokama qilamiz.

“Tashabbusli budjet” portali orqali aholidan tushgan 20 mingta yoki jami takliflarning 25 foizi ham ichki yo‘llarni yaxshilash bilan bog‘liqligi masalaning dolzarbligini ko‘rsatmoqda”, deydi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, bu borada Andijon tajribasi ko‘rsatib o‘tilgan. Viloyatdagi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan klaster tashkil etilib, olis va chekka mahallalardagi 23 kilometr qum-shag‘al yo‘llar sement-beton qoplamaga o‘tkazildi.

Ushbu 31 ta mahallada asfalt-beton o‘rniga sementdan foydalanish orqali qurilishdan 600 million so‘m iqtisod qilindi. Bu ishlarning hisobiga 350 ming dollarlik bitim importi uchun mablag‘ tejaldi.

Eng asosiysi, klaster o‘zi qurgan yo‘llarni 10 yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.

“Har bir viloyatda yirik sement korxonalari va xususiy korxonalar bilan birgalikda yo‘l qurish va ekspluatatsiya klasterlarini tashkil etish orqali ichki yo‘llarning egasini topish bo‘yicha topshiriq bergan edim.

Bu borada Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiydagi ishlar ahvoli qolgan hududlarga qaraganda hali sust”, deydi Prezident.

Shuningdek, bu hududlar hokimlariga masalaning ichiga kirib, jiddiy shug‘ullanishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Umuman, 2022-yilda 2 ming 300 kilometr, shu jumladan Andijonda 270 kilometr, Farg‘onada 200, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 190, Navoiy, Namangan va Samarqandda 180, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda 170, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 160, Sirdaryoda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni barpo etish vazifasi qo‘yildi.

Buning uchun 2022-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 3,5 million tonnaga ko‘payadi. Ya’ni, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanishi ta’kidlangan


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024
Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

U Rafah shahridagi uylardan biriga zarba berish chog‘ida halok bo‘lgan.
17:35 / 25.04.2024
Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!