$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

Kaxi Maxaradze va Sardor Rahmonov 2 o‘yinga chetlatildi

15:43 / 26.06.2022

O‘z PFL tartib-intizom qo‘mitasi qarori e’lon qilindi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

“LOKOMOTIV” — “SOʻGʻDIYONA”

Coca-Cola Superligasining 12-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv”— “Soʻgʻdiyona” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Kaxi Maxaradze tajovuzkor xatti-harakat koʻrsatib, toʻpsiz vaziyatda raqibning son qismi orqa tomoniga tizzasi bilan zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kaxi Maxaradzega nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“OLIMPIK” — AGMK

Tartib-intizom qoʻmitasi Superliganing 12-turidan oʻrin olgan “Olimpik”— AGMK uchrashuvidagi vaziyatni ham koʻrib chiqdi. Xususan, mazkur uchrashuvda mehmonlar vakili Sardor Rahmonov tomonidan “Olimpik” futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat sodir etilgan. Natijada vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari aralashgan va Sardor Rahmonov xatti-harakati ommaviy janjal kelib chiqishiga sabab boʻlgani uchun unga nisbatan tegishli chora koʻrish soʻralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Raxmonovga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“BUNYODKOR FARM” — “ANDIJON II”

Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor farm”— “Andijon II” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Muhammadali Tursunov raqib oʻyinchisiga nisbatan oyogʻining tag qismi bilan bosh qismiga jiddiy jarohat yetkazishga uringan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadali Tursunov 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“SHAXRIXONCHI” — “ANDIJON II ”

Birinchi liga musobaqasining 11-turi doirasidagi “Shaxrixonchi”— “Andijon II” uchrashuvining 74-daqiqasida mezbonlar murabbiyi Tursunboy Xusanov raqib jamoaning futbolchisi yon chiziqdan toʻpni oʻyinga kiritayotgan paytda provokatsion harakati bilan xalaqit berishga harakat qilgan. Shundan keyin bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan. Bu vaziyatdan soʻng murabbiy raqib jamoaning futbolchisini qoʻli bilan boʻyin qismiga turtib yuborganligi uchun qizil kartochka jazolangan. Maydonni tark etish oʻrniga yordamchi hakam va bosh hakam tomonga eʼtiroz bildirib, tomoshabinlarning maydonga turli buyumlar uloqtirilishiga sabab boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Tursunboy Xusanovga nisbatan 5 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“NASAF FARM” — “DOʻSTLIK TOSHKENT”

Birinchi liga musobaqasining 13-turi doirasidagi “Nasaf farm”— “Doʻstlik Toshkent” uchrashuvi yakunlangandan soʻng mehmonlar futbolchisi Alisher Nazipov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, “Nasaf farm” jamoasi murabbiyi Kenja Toʻrayev raqib futbolchilari gʻalabani nishonlagan paytda maydon ichiga kirib ular tomon haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Nazipovga (“Doʻstlik Toshkent”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi, Kenja Toʻrayevga (“Nasaf farm”) nisbatan esa 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“PAXTAKOR U-19” — “BUXORO U-19”

U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Paxtakor U-19”— “Buxoro U-19” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Chingizxon Toirov raqib oʻyinchisiga nisbatan oyogʻining tag qismi bilan sakragani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Chingizxon Toirovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish chorasi qoʻllanildi.

 

BUNYODKOR U-19” — “YANGIYER QURUVCHI U-19”

U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19”— “Yangiyer quruvchi U-19” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Muhammadali Fayzullayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadali Fayzullayevga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“SOʻGʻDIYONA W” — “NEFTCHI W”

Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona W”— “Neftchi W” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Baxtishoda Toʻxtayeva toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini tepib yuborganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Baxtishoda Toʻxtayevaga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.



														
														Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025

														
														Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025

														
														Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025

														
														Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov chempionlikka yaqin

Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov chempionlikka yaqin

Bugun Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha “Tepe Sigeman 2025” turniri davom ettiriladi.
18:50 / 25.05.2025

														
														Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Chess.com platformasida onlayn klassik shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour xalqaro musobaqasi start oldi.
14:58 / 21.05.2025

														
														Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik musobaqada qatnashadi

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik musobaqada qatnashadi

7-16-may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.
12:49 / 06.05.2025

														
														Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025

														
														Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston te…
21:54 / 16.04.2025

														
														O‘zbekiston Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Eron ustidan 20:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempion…
21:28 / 16.04.2025

														
														Surxondaryoda yangi futbol stadioni foydalanishga topshirildi

Surxondaryoda yangi futbol stadioni foydalanishga topshirildi

“Surxon Arena” stadioni keng ko‘lamli modernizatsiyadan so‘ng qayta ochildi.
16:54 / 11.04.2025

Bu ham qiziq

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Netanyaxu shu haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.
12:19 / 16.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Unda jahonning 32 jamoasi o‘zaro …
11:38 / 15.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!