$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Kelasi hafta boshida havo harorati qanday boʻladi?

15:32 / 13.01.2024

“Oʻzgidromet” mamlakatda kelgusi hafta boshida – 15-17-yanvar kunlari qanday ob-havo boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq - 2° iliq boʻladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 15-yanvarda 0-5° iliq, 16-yanvarda 5-10° iliq, 17-yanvarda 7-12° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 15-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq - 2° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 16-yanvarda kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17-yanvarda kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16-yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16-yanvarda kechasi 2° sovuq - 3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 17-yanvarda kechasi 2° sovuq - 3° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 17-yanvarda kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻOLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-16-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 16-17-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq - 2° iliq boʻladi.


Bu ham qiziq

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli…
16:19 / 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024
Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bu haqda Meteoprog xabar berdi.
12:03 / 03.05.2024
Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
14:56 / 03.05.2024
2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Shu bilan birga, norozilik namoyishlari uning yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga olib keldimi, degan…
09:28 / 03.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilg…
10:38 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!