$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

10:38 / 03.05.2024

Kun davomida uzoq vaqt ovqatlanmaganda, kechqurun yoki kun bo‘yi ishga berilish sabab ochlik hissini qondirish uchun iloji boricha tezroq va ko‘proq ovqatlanishni xohlaydi odam. Ammo birdaniga katta miqdorda ovqatlanish hazm jarayoni uchun katta stress hisoblanadi. Shu bois ham nima yeyish mumkin yoki yo‘qligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilgan mahsulot, salomatlik, faollik, ish samaradorligi, kayfiyat va vazn qanday bo‘lishida rol o‘ynaydi.

Qaysi mahsulotlarni yemaslik kerak?
Nonushtaga shirinlik, qandolat mahsulotlari iste’mol qilmaslik kerak. Ko‘pincha bu kabi mahsulotlar tarkibida qondagi qand miqdorini keskin oshirib, sun’iy to‘qlik hissini uyg‘otadigan un, yog‘ va shakar ko‘p bo‘ladi. Shirinlik yegandan keyin qorin tez ochadi, insulin miqdori oshishiga ta’sir qilgani natijasida yog‘ to‘planadi.

Bundan tashqari, tarkibidagi ayrim moddalar ayniqsa, glyuten sabab, kishi bu kabi mahsulotlarni yemasa turolmaydigan bo‘lib qoladi. Shu sabab ham ushbu mahsulotlardan tiyilish tavsiya qilinadi. Qanchalik foydali ekaniga qaramay, suli yormasidan tayyorlanadigan bo‘tqani ham haddan ortiq iste’mol qilib bo‘lmaydi. Chunki qayta ishlangan bo‘tqalarda aksariyat hollarda glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi, uning iste’moli insulin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Ammo bu bo‘tqadan, umuman, voz kechish kerakligini bildirmaydi. Shunchaki oz me’yorda iste’mol qilib unga mevalar qo‘shib yeyishning o‘zi kifoya. Shuningdek, butun yormali variantini tanlash hamda uni 6-8 soatga ivitib qo‘yib, keyin pishirish tavsiya qilinadi.

Shuningdek, nahorga shakarning koni bo‘lgan sharbatlarni iste’mol qilish ham tavsiya qilinmaydi. Mazkur ichimlik shirinlik bilan nonushta qilish bilan barobar ta’sir qiladi. Shakarning ko‘p miqdordagi ekanligi sabab sharbat ichgandan keyin organizmda insulin ko‘p miqdorda ajralib chiqadi hamda yog‘ to‘planishi kuzatiladi. Shu sabab ham sharbat o‘rniga sabzavotli smuzi iste’mol qilish kerak.

Qanday mahsulotlarni iste’mol qilsa bo‘ladi?
Nonushtadan yarim soat avval, uyqudan turganda keyin iliq suv ichish kerak. Suvga limon, oshqozon kislotasi yuqori bo‘lgan kishilar esa magniy qo‘shib ichishi mumkin. Ichaklar mikroflorasini me’yorlashtirish uchun esa metabiotiklar qo‘shsa bo‘ladi. Qolaversa, nonushtaning tarkibida oqsil mo‘l bo‘lgan mahsulotlar: yog‘siz go‘sht, pishloq va tabiiy yogurt, tvorog bo‘lishi kerak.

Metabolizm yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydigan oqsillar, qorinni tushlikka qadar to‘q tutadi. Uning organizmga to‘g‘ri singishi uchun sabzavotli garnir bilan iste’mol qilgan yaxshi. Masalan, barra sabzavotlar qo‘shib tayyorlangan omlet kunni boshlash uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.

Shuningdek, grechka, zig‘ir urug‘i va jigarrang un ham foydali, shuningdek, to‘yimli mahsulotlar sirasiga kiradi. Ushbu murakkab uglevodlar sekin singgani hisobiga insulinga salbiy ta’sir qilmaydi va energiya beradi. Nomi keltirilgan yormalarni suvda pishirib, sabzavotli garnir yoki o‘simlik suti bilan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.


Lifestyle


														
														Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

														
														“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li J…
09:46 / 04.02.2025

														
														Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Balansli nonushta qilish yaxshiroq umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib, tanangizni ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni ye…
13:32 / 25.01.2025

														
														Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Flagman nafaqat innovatsion kamera, balki odatiy standartlarni o‘zgartiruvchi noyob orqa panel dizaynini ham oladi.
11:13 / 25.01.2025

														
														Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Sankt-Peterburgdagi Luxury World Spa kompaniyasi “Kriptosauna” loyihasini taqdim etdi. Yangi mahsulot ASIC (kriptovalyuta qa…
10:35 / 25.01.2025

														
														Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ushbu tadqiqot amalga oshirilgandan so‘ng o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari oshgan.
15:29 / 18.01.2025

														
														2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

Krossovkalar hech qachon modadan qolmaydigan, qulay oyoq kiyim hisoblanadi. Faqatgina har yili ularning qaysidir turi, ayniq…
13:02 / 16.01.2025

														
														Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – bu Koreya madaniyatida bolalar va kattalar orasida mashhur bo‘lgan o‘yin bo‘lib, oddiy, ammo qiziqarli! O‘yin uchun…
16:09 / 15.01.2025

														
														2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yil kino sanoati uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Ko‘plab kutilgan premyeralar va kutilmagan xitlar tomoshabinlarn…
15:40 / 15.01.2025

														
														“Otam qurgan tandir”
Umidjon Alimov, 2017.

“Otam qurgan tandir” Umidjon Alimov, 2017.

“Demak, men mavzu, o‘zimga uslub topyapman, deb o‘ziga xos yo‘nalishni qidirayotgan rassom sifatida xursand bo‘lardim. Tandi…
14:59 / 15.01.2025

Bu ham qiziq

So‘nggi sutkada Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

So‘nggi sutkada Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

18-may kuni Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 151 kishi halok bo‘ldi.
09:47 / 19.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinlari 2025-yil oxirigacha Ukrainaning mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, Rossiya d…
12:38 / 19.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik arala…
10:12 / 18.05.2025
Yangi Rim papasi bugundan o‘z lavozimiga kirishdi

Yangi Rim papasi bugundan o‘z lavozimiga kirishdi

18-may kuni Rim papasi Leo XIV o‘zining ruhiy hokimiyatining asosiy belgilari - pallium va “baliqchi uzugi”ni qabul qilib, r…
19:39 / 18.05.2025
AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

Qo‘shma Shtatlarda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi.
11:47 / 17.05.2025
“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida, 19—21-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
18:20 / 17.05.2025
O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Turkiyada o‘tkazilgan “Eng yaxshi merganlar jamoasi” V xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar oltin medalni qo‘lga kirit…
20:39 / 18.05.2025
Buxarest meri Ruminiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Buxarest meri Ruminiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

“Liberal siyosatchi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 53,60 foiz ovoz olib g‘alaba qozondi”, – deb xabar bermoqda …
12:25 / 19.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!