$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Kontakt linzalar bilan uxlasa bo‘ladimi?

15:51 / 26.03.2023

So‘nggi paytlarda ko‘rish qobiliyati pasaygan aksariyat bemorlar orasida yumshoq kontakt linzalari ommalashdi. Biroq mutaxassislar ushbu moslamadan to‘g‘ri foydalanmaslik turli xastaliklarga sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda. Xo‘sh, kontakt linzalarini noto‘g‘ri ishlatishning qanday salbiy ta’sirlari bor?

Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromovning ma’lumot berishicha, bugungi kunda ko‘pchilik bemorlar ko‘z ravshanligini ta’minlash uchun ko‘zoynaklardan ko‘ra yumshoq kontakt linzalarini afzal ko‘rishmoqda. Ammo kontakt linzalar tibbiy moslama ekanini yaxshi bilish zarur.

Agar bemor kundalik linzalardan foydalanayotgan bo‘lsa, ular bilan uxlash aslo mumkin emas. Aks holda ko‘z shox pardasining surunkali kislorod yetishmasligi kabi jiddiy asoratlar rivojlanishi mumkin.

Shu sababli bemor kuniga 12 soatdan ziyod ishlatish tavsiya etilmaydigan linzalar tanlagan bo‘lsa, ushbu cheklovga rioya qilishi zarur. Bu holat ularni almashtirish tartibiga ham tegishli. Masalan, bemor ikki haftalik moslamadan foydalansa, bu muddatdan keyin uni yangi juftlik bilan almashtirishi lozim.

Mazkur ikki hafta davomida undan necha marta foydalanilgani muhim emas. Aksincha muddat blisterning ochilishiga qarab hisoblanadi. Ya’ni, ikki hafta ichida atigi bir necha marta linzalar ishlatilgan bo‘lsa ham, muddat tugagach, ular yangi juftlik bilan almashtirilishi lozim. Chunki bu vaqt ichida moslama o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi.

Shuningdek, obyektivni ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish zarur. Kun oxirida moslama maxsus eritmada yuvilishi va kamida 6 soat davomida yangi linza suyuqligi idishiga joylashtirilishi kerak. Bu vaqt ichida linzalar namlikni tiklaydi, oqsil va lipid birikmalaridan butunlay tozalanadi.

Agar ular bajarilmasa, ko‘zlardagi yallig‘lanish jarayonining rivojlanishiga olib keladi. Bu esa ko‘rishning to‘liq yo‘qolishiga qadar juda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi hech gap emas.

Shifokor bilan birga namlovchi tomchilarni tanlash va bemor quruq havo bo‘lgan xonada yoki kompyuterda ishlasa, ularni kun davomida qo‘llash maqsadga muvofiq.

Oddiy suv yoki tuz eritmasi linzalarni parvarish qilish uchun mos emasligini unutmang.

Shuningdek, linzalarga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish, kun davomida ulardan ortiqcha foydalanmaslik, eng muhimi, yiliga bir marta ko‘z shifokori tekshiruvidan o‘tib turish lozim.


Bu ham qiziq

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!