$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Kvinslendlik “Toadzilla”: Avstraliyada dahshatli qurbaqa topildi

17:04 / 20.01.2023

Avstraliya shimolidagi tropik o‘rmonda mahalliy qo‘riqchilar og‘irligi 2,7 kilogramm bo‘lgan ulkan qurbaqani topdi. Yovvoyi tabiat mutasaddilari dastlab bu soxta, deb o‘ylashgan, ammo keyinroq ma’lum bo‘lishicha, amfibiya “dahshatli” o‘lchamdagi qamish qurbaqasining noyob namunasi hisoblanishi oydinlashgan.

Qo‘riqchilar qurbaqaga “Toadzilla” deb nom berishdi. Ular uni idishga solib, yovvoyi tabiat qo‘ynidan olib ketishgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu turdagi qurbaqalar 1935 yilda Avstraliyaga olib kelingan va bugungi kunda qit’adagi eng xavfli zararkunandalardan biriga aylangan. Mamlakatdagi amfibiyalar soni 2 milliarddan oshadi.

Park qo‘riqchisi Kayli Greyning so‘zlariga ko‘ra, u Kvinslend shtatida patrul paytida “Toadzilla”ni ko‘rgan va dastlab ko‘zlariga ishonmagan.

“Men hech qachon bunday katta qurbaqani ko‘rmaganman. Bu deyarli oyoqlari bo‘lgan futbol to‘piga o‘xshardi. Biz uning ismini “Toadzilla” deb qo‘ydik”, – deydi mutaxassis mahalliy telekanallardagi efir vaqtida.

Qo‘lga olingandan so‘ng qo‘riqchilar qurbaqani o‘lchab, uning kattaligidan hayratda qolishgan. “Toadzilla”ning vazni 2,7 kg dan oshadi, bu jahon rekordi hisoblanadi.

Bungacha Ginnes rekordlari kitobida qayd etilgan eng ulkan natija 1991-yilda Shvetsiyalik “Prinsen” (2,65 kilogramm) ismli uy qurbaqasiga tegishli edi. Biologlarning fikricha, “Toadzilla” hasharotlar, sudralib yuruvchilar va sutemizuvchilarni yeyish orqali bunday ulkan hajmga ega bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qamish qurbaqasi og‘ziga to‘g‘ri keladigan hamma narsani yeyishi mumkin. Shu bilan birga, bu amfibiya turining Avstraliyada tabiiy yirtqichlari yo‘q. O‘rganishlardan so‘ng, bahaybat qurbaqa avstraliya standartlarga muvofiq evtanizasiya (davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan va bu kasallik natijasida chidab bo‘lmas azob-uqubatlarni boshdan kechirgan jonzotning hayotini tugatish amaliyoti) qilingan.

Shundan so‘ng uning qotirilgan nusxasi Kvinslend muzeyiga sovg‘a qilinadi.


Bu ham qiziq

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

Birgina gilam savdosi bo‘yicha 2025-yilda qariyb 4 mln² gilam qo‘shni davlatga eksport qilingan
19:50 / 02.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!