“Milan” afsonasi, hozirda texnik direktor vazifasida ishlayotgan Paolo Maldini klubning yil yakunlari bo‘yicha natijalari haqida gapirib o‘tdi.
“Loyihamiz muvaffaqiyatli bo‘lishiga hech qanday kafolat yo‘q edi, biz o‘z g‘oyalarimizni targ‘ib qilishga harakat qildik. Buyuk tarixga ega klubdan muxlislar har doim katta natijalar kutishadi, lekin Berluskoni davrida erishganlarimizni unutish kerak. Endi bizning strategiya boshqacha va bunga asta-sekin ko‘nikish lozim.
“Milan” yetakchilar qatoriga qaytish uchun vaqt kerak bo‘lardi, ammo biz kutilganidan oldinroq ko‘zlangan natijalarga yerisha boshladik.
Klubimiz shunday shonli o‘tmishga egaki, hozirgi vaziyatni oldingisi bilan solishtirishni yoqtirmayman” - deydi Maldini.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!