“Man Siti” “Arsenal”dan Jezus uchun 55 million funt soʻragan.
ESPN telekanalining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, “Manchester Siti” shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar amal qiladigan hujumchi uchun London klubidan 55 million funt (deyarli 65 million yevro) talab qiladi.
Shu holatni inobatga olgan holda, “Arsenal” “Man Siti” futbolchini bunday summaga baholaganidan hayratda.
Bu baho nafaqat “Man Siti”ning braziliyalik futbolchiga boʻlgan hurmati, balki Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland uchun sarflangan 60 million yevroning oʻrnini qoplash istagidan kelib chiqqan.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Jezusni saqlab qolishni maʼqul koʻradi, ammo hujumchi uni boshqa klubga qoʻyib yuborishni soʻrasa, aralashmaydi.
Agar “Arsenal” Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, u holda Gabrielni transfer qilish imkoniyatlarini amalda yoʻqotadi. “Kanonirlar” rahbariyati mavsum yakunlarini kutadi va shundan keyingina nima qilish kerakligini hal qiladi.
Qayd etilishicha, “Arsenal” kuchli 4-likka kirishni byudjetga kiritmagan, shuning uchun klub Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, transfer rejalariga taʼsir qilmaydi.
Murabbiy Mikel Arteta Jesusning ashaddiy muxlisidir. Ular “Man Siti”da birga ishlashgan. Biroq, “Arsenal” hujumni kuchaytirish uchun boshqa variantlarni koʻrib chiqmoqda.
Maʼlumot uchun, 25 yoshli forvard joriy mavsum “Manchester Siti” safida 40 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!